YANGIQO’RG’ON TUMANI TARIXI

YANGIQO`RG`ON   TUMANI   HAQIDA    MA`LUMOT

MADANIYAT SAROYI

Tumanning tashkil topgan vaqti -1926 yil 29-sentyabr.

Geografik o`rni — Yangiqo`rg`on tumani Namangan viloyatining shimoliy qismiga joylashgan bo`lib,  shimoliy-g`arb, shimol, shimoliy-sharq, tomonlardan Qirg`iziston Respublikasi bilan, janubiy-sharq va janubiy-g`arbdan Namangan tumani bilan, G`arb tomondan Kosonsoy tumani chegaradoshdir.

Yangiqo`rg`on tumaning markazi viloyat markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan.

Maydoni-540 kvadrat kilometr.

Markazi- Yangiqo`rg`on shaharchasi.

Aholisi- 215408 kishi (2000 yil).

Tuman xududida bitta shaharcha, 11-ta qishloq fuqarolar yig`inlari hamda              59-ta mahalla fuqarolar yig`inlari, 49-ta aholi yashash punktlari mavjud. Shaharchada 16709 kishi va qishloq joylarida 157797 kishi yashab kelmoqda.

Aholining 44 foizini bolalar va o`smirlar tashkil qiladi. Aholining 49,5 foizini erkaklar va 50,5 foizini ayollar tashkil etadi.

Mehnat resurslari umumiy aholining 49,1 foizini yoki 85714 kishini tashkil qiladi.

Aholining o`rtacha o`sish sur’ati 1,5 foizni tashkil qiladi. Tumanda 14 millat vakillari istiqomat qiladi.

Aholining 97 foizini o`zbeklar, 2,6 foizini qirg`izlar va qolgan 0,4 foiz aholini 14 millat vakillari tashkil etadi.

Tumanda 1-ta sanoat korxonasi, 2-ta qurilish tashkilotlari, 1-ta transport korxonasi, 1-ta qo`shma korxona hamda 95-ta yirik tashkilotlar faoliyat ko`rsatadi.

Tumanda 5940 gektar jami bog`, shundan hosilligi 3932 gektar, 3667 gektar jami uzumzor, shundan hosilligi 2709 gektar. Jami ekin maydoni 13303 gektarni tashkil etadi. Mavjud aholining 77703 nafarini voyaga yetmaganlar, 11420 nafarini 60 yosh va undan kattalar tashkil etadi.

Oliy ma’lumotli kadrlar 5928 nafar, o`rta maxsus ma’lumotga ega bo`lgan kadrlar 8221 nafar.

Tumanda 35367-ta xonadon bo`lib, o`rtacha bir kishiga 9,1 kv.m. yashash joyi to`g`ri keladi.

2006 yilda tumanda gaz tortish rejasi 9,0 km bo`lib haqiqatda bu ko`rsatgich 9,6 km ga, shundan ichki imkoniyat bilan 9,6 km ga bajarishga erishildi. Hozirga kelib mavjud 49-ta aholi yashash punkitidan 38-tasi to`la gazlashtirib bo`lindi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun yillik suv tortish rejasi              13 km bo`lib bu ko`rsatgich ham 13,6 km ga, ichki imkoniyat bilan 10,5 davlat buyurtmasi xisobidan 3,1 km ga bajarishga erishildi.

Xalq iste’mollari ishlab chiqarish amaldagi baholarda o`tgan 2006 yilga nisbatan 161,9 foizga o`sishga erishildi yoki 6791 mln so`mlik ko`p ishlab chiqarildi.

Tumanda 2007 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma baholarda 12230 mln so`mlik ishlab chiqarildi. Bu ko`rsatgich tumandagi Marvel Djusko qo`shma korxonasining ulushi 81,7 foizni tashkil etadi.

Aholiga pullik xizmat ko`rsatish 119,3 foizga o`sishga erishildi, yoki 727 mln so`mlik ko`p xizmat ko`rsatildi. Aholi jon boshiga pullik xizmat ko`rsatish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 7061 so`mga ko`p xizmat ko`rsatishga erishildi.

Aholiga maishiy hizmat ko`rsatish 106 foizga o`sishga erishildi, yoki 83 mln so`mlik ko`p hizmat ko`rsatildi. Aholi jon boshiga maishiy hizmat ko`rsatish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 429 so`mga ko`p bo`lishiga erishildi O`tgan 2007 yil mobaynida mehnat bo`limiga ish so`rab murojat etuvchilar 2842 nafarni tashkil etib, ulardan 2355 nafari mehnat bo`limi orqali ishga joylashtirildi. 37 nafari milliy hunarmandchilik kasblariga o`qitish va 175 nafari esa vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi.

Imtiyozli kredit sifatida to`lab berildi. Bundan tashqari 72 nafar kam ta’minlangan oilalarga 57,6 mln so`m mablag`ni chorvachilik yo`nalishi bo`yicha «BANDLIK» jamg`armasi resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar berildi.

Tumanda 5-ta (engil sanoat, agrosanoat, qishloq xo`jalik va oziq-ovqat, sanoat yo`nalishidagi) kasb-hunar kollejlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2007-2008 o`quv yili uchun qabul 2800-ta reja bo`lib haqiqatda 2965 taga yoki 106 foizga bajarildi.

Xalq ta’limi tizimida 60-ta maktab bo`lib shundan 1 tasi boshlang`ich, 11 tasi tayanch 48 tasi esa o`rta maktablar bo`lib ularda jami 37429 nafar  o`quvchilar ta’lim olib kelmoqda. O`quvchilarning 36320 tasi o`zbek, 634 nafari rus, 475 nafari esa qirg`iz tilida o`qitilib kelinmoqda.

1926 yilning 29 sentyabrida O`zbekiston Respublikasi sho`ralar markaziy ijroiya Qo`mitasining qaroriga muvofiq Respublikada 74-ta tuman tashkil etildi. Ular orasida Farg`ona vodiysi tizimidagi Yangiqo`rg`on tumani ham bor edi. Tuman markazi qilib, Yangiqo`rg`on qishloqi belgilandi. 1950 yilning                          18 mayigacha Yangiqo`rg`on tizimida bo`lgan hozirgi Chortoq tumani ham qo`shib xisoblanganda uning xududi 0,93 kv. km. bo`lib, aholisi 160 ming kishi edi. O`sha tarixiy qarorga muvofiq Koroskon, Chortoq, Ayqiron, Qorabog`, Alixon, Kushan, Peshqo`rg`on, Bekobod, Xo`jasho`rkent, Qorachasho`rkent, Oqsuv, G`ovozon, Yangiqo`rg`on, Qorapolvon, Navkent, Iskavot, Zarkent, Poromon, Nanay qishloqlari Yangiqo`rg`on tumani ixtiyoriga berildi. Tuman tarkibiga Kosonsoy va Uychi tumanlarining bir qismi ham qo`shilgan edi.

Yangiqo`rg`on nainki Namangan viloyati, balki butun Farg`ona vodiysining eng go`zal, so`lim, diltortar go`shalaridan biridir. Vodiyning g`arbdan sharqqa               8-16 km, shimoldan-janubga 65 km masofaga cho`zilgan, geografik jihatidan Ispaniya, Italiya, Gresiya, Yugoslaviya kabi subtropik mamlakatlar kengligida joylashgan bu go`zal maskanning latofati, ko`rki-jamoli mamlakatdan tashqarida ham ma’lum va mashhurdir.             

Tuman hududining asosiy qismi Tiyon-Shon tog`larining Chotqol tog` tizimlaridagi qor va muzliklardan boshlanuvchi Podshootasoy daryosidan suv ichadi. Tuman kartoshka, meva, sabzavot va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan. Faxr bilan aytish mumkinki, Namanganning qo`shiqlarda kuylangan dunyoga mashhur olmasi Yangiqo`rg`on bog`larida pishib yetiladi.

Shuninigdek, garchi hali chuqur o`rganilmagan, qazib olishga kirishilmagan bo`lsada, Yangiqo`rg`on zamining cho`kindi jinslari ostida neft, tabiiy gaz, ma’dan suvlar borligi aniqlangan. Bu yerda ayniqsa ohaktosh, shag`al, hum singari qurilish materiallari katta zahiralari mavjud.

Tuman aholi soni jihattidan viloyatda 5, zichligi jihattidan (1 kv. kmda 260 kishi) 3-o`rinda turadi.

Aholi bir shaharcha va 11 ta qishloqda istiqomat qiladi.

Yangiqo`rg`on tumani hududidagi Qorapolvon, Zarkent, Nanay, Bekobod, Iskavot, Poromon va boshqa qator qishloqlar tarixi uzoq  o`rta asrlarga va hatto undan ilgariroqqa borib taqaladi. Bu yurt payg`ambar Muhammad alayxisallom avlodlaridan Shoh Jarir, buyuk sohibqiron Amir Temur, shoir va shoh Zahiriddin Bobur va boshqa ulug` siymolar qadami yetgan tabarruk joydir.

Fanga Qo`lbuqon dostonchilik maktabi nomi bilan kirgan mashhur xalq og`zaki ijodi maktabining yirik vakili Haydar sannovchi (Haydar Boycha o`g`li) shu yerda yashab ijod qildi. Yangiqo`rg`on sahna ustasi, xalq artisti Soraxonim Eshonto`raeva va davlat arbobi Mirzaolim Ibrohimovga, jo`shqin shoir Robiddin Ishoq va iste’dodli musavvir Baxtiyor Nazarovga, Mehnat qahramonlari Turg`unpo`lat Egamberdiev va Mirzaqayum Mirzakarimovga, shuningdek ilm-fanning turli sohalari vakillari bo`lmish 4 fan doktori va 45 fan nomzodiga beshik bo`lgan mo`’tabar go`shadir. Yurt mustaqilligi, xalq ozodligi haqqi-hurmati milliy zulm va rus bosqinchilik siyosatiga qarshi ko`tarilgan Po`latxon va Dukchi Eshon qo`zg`olonlari ishtirokchilari safida ko`plab Yangiqo`rg`onliklar ham bor edilar. El daxlsizligi va inson baxt-saodatini yuksak qadrlovchi yurtdoshlarimiz nemis-fashizmiga qarshi kechgan omonsiz janglarda ham jasorat namunalarini ko`rsatdilar.

Yillar o`taverdi, lekin mehnatkash xalqimiz o`z qiyofasini yo`qotmadi, har qanday sharoitda mehnat qilishdan to`xtamadi, ona zamin chiroyiga-chiroy qo`shishdan tolmadi, tarix zarvaraqlariga bitsa arzigulik umrni boshdan kechirdi.

Tuman markazi-Yangiqo`rg`on dengiz sathidan 600 metr, Zarkent qishloqi 830 metr, Nanay qishloqi 1050 metr balandlikda joylashgan. Tumanning shimoliy qismidagi Chotqol tog` tizmalari bilan o`ralgan Zarkent, Nanay qishloqlari go`zal tabiati, zilol suvlari, toza havosi bilan ajralib turadi.

Tumanning asosiy qismi Podshoota daryosidan suv oladi. Bu daryo Qirg`iziston Respublikasi hududidagi Tiyon-Shon tog`larining Chotqol tizmalaridagi qor va muzliklardan boshlanib, Yangiqo`rg`on hamda Chortoq tumanlarining asosiy suv manbai bo`lib kelgan. Geologik jihattdan tuman xududida o`tmishda dengiz havzasi ham, burmali tog`lar ham, kuchli vulqonlar ham bo`lgan. Tog` paydo bo`lish harakatlari hozir ham davom etmoqda. Tez-tez bo`lib turadigan zilzilalar buning dalilidir.

«Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuninig 2-moddasiga muvofiq hamda tegishli xududdagi fuqarolarning takliflariga ko`ra, o`zini-o`zi boshqarish organlarining ish olib boradigan 12 ta hudud quyidagicha belgilangan:

1.      Birlashgan qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Qoracha, Sho`rkent, Dehqonobod, Bog`iston, G`ovozon, xo`ja Sho`rkent, Cho`mbag`ish, Orzumobod aholi punktlari;

2.      Bekobod qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Yangiobod, Bekobod, Kalishoh, Ko`lbuqon, Nuraliobod aholi punktlari;

3.      Zarbdor qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Gaznon, Iskavot, Qandiyon, Bo`ston aholi punktlari;

4.      Zarkent qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Zarkent, Shilvi, Otakishi aholi punktlari;

5.      Istiqlol qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Yangiqo`rg`on Qorayontog` aholi punktlari;

6.      Nanay qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Nanay, Qayrog`i, Do`stlik, Mo`g`ol, Oqtom, Ko`kyor, Mamay, Qizil yozi aholi punktlari;

7.      Navkent qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: haqiqat, Suttibuloq, Meshon, Ittifoq, Buloqboshi, Navkent, Sangiston, Rovot aholi punktlari;

8.      Navro`zobod qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: O`zak, Yangihayot, Hadikent, Qurama, Yalong`och aholi punktlari;

9.      Poromon qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Poromon, Toshtepa, Nov aholi punktlari;

10.    Sharq Yulduzi qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Yorilgan, Gaiston, Qamishoq, Qizilqiyoq, Terakqator, Rovut, Do`ldi, To`ra aholi punktlari;

11.    Qorapolvon qishloq fuqarolar yig`ini chegaralari: Radivon, Qizariq, Qorapolvon aholi punktlari;

12.    Yangiqo`rg`on shaharcha fuqarolar yig`ini chegaralari: Beshbuloq, Qo`riq, Ko`llik tol, Furqat nomli, Oxunboboev nomli, Toshkent mahallalari.

Tumanning etnik tarixi uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tarixi bilan chambarchas bog`liq.. Aholining asosiy qismini o`zbeklar tashkil etsada, etnik jihattdan u ancha quroq, uzoq yillar mobaynida turli urug` va qabilalar assimilyasiyasi natijasida shakllangan.

YANGIQO`RG`ON   TUMANINING   KELIB   CHIQISH   TARIXI

Tumandagi Qorapolvon qishloqi tarixi VII asrning 80-yillarida Qirg`iziston hududidagi Safedbulonda bo`lgan arablar jangi bilan bog`liqdir. Bulon so`zi keyinchalik Bag`ish deb atala boshlagan. Bag`ish –bug`u demakdir. Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomning nabiralari (Zaynab ismli qizlarining o`g`li) shoh Jarir (Muhammad ibn Jarir ibn Abutolib) islom dinini joriy qilish maqsadida 12 minglik qo`shin bilan keladi. Safed bulon qishloqi hududida shoh Jarir qo`shinlari bilan Koson hokimi Ixshit va O`ng`or hokimi Karvon Bos qo`shinlari o`rtasida bo`lgan jangda 2700 arab jangchisi o`ldirilgan. Ularni «qirg`in masjidi»da juma nomozini o`qiyotgan paytlarida boshlarini tanalaridan judo qiladilar, mag`lubiyatga uchragan shoh Jarir Arabistonga qaytib ketadi.

Sahobalarning bir qismi shu yerda qolib boshpana topadilar. Masalan: Sanoch tog`idagi Otag`ozi buva, Pochatadagi Buvota buva, Qorapolvondagi qorapolvonlar shular jumlasidandir.

Oradan qirq yil o`tib, bu yerga kelgan shoh Jarirning o`g`li shoh Fozil shahid bo`lganlarni qayta dafn qilishda Qorapolvon alohida xizmat ko`rsatadi. Uning ishtirokida shahid bo`lganlarning nomlari toshlarga bitiladi. O`zining halol mehnati bilan savobli ishlarni amalga oshirgan 1300 yil ilgari hozirgi «Qorapolvon» hududida makon topib istiqomat qilgan kishining asli ismi Xalo bo`lib, qora tanli (habash) va barvasta, baquvvat bo`lganligi uchun unga Qorapolvon degan nom berishgan. Shunday qilib bu yerga dafn etilgan Qorapolvon otaga nisbat berib, bu qishloq Qorapolvon deb atalib kelmoqda. Bundan tashqari qadimiy turklarda dunyo tomonlari ranglar orqali belgilangan. Qora-shimol, qizil-janub (qirg`iz so`zi ham qizil ma’nosini anglatadi), sariq-markaz va hokazo. Shu bilan birga «qora» so`zi buyuklik, ulug`lik ma’nosida ham qo`llanilgan.

Tumanimiz hududida o`rnashgan qator arxeologiya yodgorliklar tegishli soha mutaxassislari tomonidan yanada batafsilroq o`rganish maqsadida ro`yxatga olingan. Bular «Zo`rtepa» («Zarkent» jamoa xo`jaligida) , «Ilontepa» (Buloqboshi qishloqida), «Mirzayortepa», «Otaxontepa», «Tillatepa», «Qushtepa (Nanay qishloq fuqarolar yig`ini hududida), «To`xtamattepa» (Mamay qishloqida), «O`rdatepa»              (Navkent qishloqida) arxeologik va tarixiy yodgorliklaridir. Hanuzgacha ba’zi shaxslar uy-joy qurayotgan joylaridan ba’zi tepaliklardan uzoq o`tmishdan xabar beruvchi uy-ro`zg`or buyumlari, tangalar, dehqonchilik qurollari, kulolchilik buyumlari topilmoqda. Ming afsuslar bo`lsinkim, topilmalar o`z manzilini topolmay, ko`pincha turli shaxslar qo`lida qolib ketmoqda. Maktablarning tarix o`qituvchilari ham bu sohada ancha zaiflar. Topilmalar orasida XI-XIV asrlariga doir g`isht namunalari ko`plab uchraydi. Bu topilmalar Yangiqo`rg`on tumanida aholi keng faoliyat ko`rsatgan davr chegarasi aynan shu vaqtlardir, degan ma’noni anglatmaydi, albatta.

Tumanning markazi Yangiqo`rg`on shaharchasining kelib chiqishi XVII asrlarga to`g`ri keladi. Bu davrgacha Yangiqo`rg`on shaharchasi o`rnida hech qanday aholi punkti bo`lmagan. Bu qishloq atrofidagi Sho`rkent, Kushan, Navkent, Qorapolvon kabi qishloqlarga nisbatan keyin barpo etilgan. Bu yerdagi soy atroflari to`qayzor, qo`riq yerlardan iborat bo`lib, dastlab bu yerga ilgari Hoqon arig`i degan joyda, keyinchalik Pashamin va Poromonda yashagan aholi kelib uy-joy qilib o`rnashib qolgan. Soyning u tomoniga pashaminliklar, bu tomoniga poromonliklar joylashgan. Ma’lumotlarga ko`ra dastlabki uy-joylar, aholi qo`rg`onlari hozirgi mehmonxona atroflariga qurilgan bo`lib, atrof qishloq aholisi bu yerda qurilgan uy-joy, qo`rg`onlarni ko`rib, bu yerni Yangiqo`rg`on deb atay boshlaganlar. Atrof adirliklarda, yerlarda bug`doydan yuqori hosil olinib, serobchilik bo`lgan. Shunga ko`ra Nonqo`rg`on ham deb atalib, keyinchalik Yangiqo`rg`onga aylanib ketgan, degan fikrlar mavjud. Aslida joy nomlari tilda davrlarga qarab o`zgarib turadi. Shu sababli toponimda ko`pincha tilning eng qadimgi holati o`z ifodasini topgan. Shimoliy o`zbek shevalarida Yangiqo`rg`on, Yangiqishloq kabi o`zbek tilining o`g`iz va qorluq guruhriga xos so`z yasash usuli bilan hosil bolgan joy nomlari uchraydi. Bu faqat shimoliy o`zbek shevalari qorluq-qipchoq til birligi zaminida vujudga kelganligidan darak beradi. Toponimning bu xususiyati esa ko`pincha arxaik shevalardan ham qadimiydir.

Aholi dastlab sobiq krepost-qal’a (hozirgi mehmonxona) atrofiga zich joylashib, keyincha soy bo`ylari, Chorvoq ariq bo`ylari o`zlashtirilib, uy-joylar maydoni kengaytirilib borilgan. Aholi ilgari 7 qavmdan iborat bo`lib, Kalat Dodxo Omon Bahodir bu yerda bozor, masjid qurdirganligi uchun guzarni Kalat guzari deb yuritilgan. Unga Xudoyorxon muhri bosilgan (1848 yil) vaqf hujjati berilgan edi. 1899 yilda Namangan uezdida ish ko`rgan yer komissiyasi polkovnik Vinogradov tavsiyasi bilan Kalat Dodxo madrasasi vaqfini o`z kuchida qoldirgan edi.

Oktyabr to`ntarishi, grajdanlar urushining faol ishtirokchisi, 1895 yilda Radivon qishloqida tug`ilgan Sulton Abdurahmonovning guvohlik berishicha, Yangiqo`rg`on va uning atrofidagi qishloqlar XIV asr oxirlarida atrofdan ko`chib kelib joylashgan turli urug`lardan iborat bo`lgan. Birgina Radivon qishloqida turklarning juz, yashiq, kumushoy, bag`ish va qozoq urug`lari istiqomat qilgan.

Qishloqlarda o`qimishli kishilarga talab katta bo`lgan. Yangiqo`rg`onlik  Isoqxo`ja buxoroga yalangoyoq borib madrasada o`qigan, katta eshon bo`lib qaytgan. Uning o`g`li Abdullaxo`ja hozirgi masjid atrofidagi sada, tollarni o`tqazgan. Aholi ko`paygach 5 ta buloqqa nisbat berib bu yerni Beshbuloq  deb atay boshlaganlar.

Shaharchaning Qo`riq mahallasida avval hech kim yashamagan. Qo`riq hamishzor yerlardan iborat bo`lib, yovvoyi hayvonlar yashagan. Keyincha bu yerlar o`zlashtirilib, uy-joylar qurilib ekin maydonlariga aylantirilgan.

Tuman hududida arxeologik qazilma ishlari olib borilmagan bo`lsada, Iskavot, Mamay, Zarkent, Qorapolvon, Navkent, Sho`rkent qishloqlarida aholi qadimdan buyon istiqomat qilib kelayotganligi aniqlangan. Tarix dastlab unda biroz haqiqat zarralarini o`zida jo etgan afsona va rivoyatlar shaklida mavjud edi. Shu boisdan ham qishloqlar, shaharlar kelib chiqishi, nomlanishi xususida o`nlab rivoyatlar mavjud. Toponimika -joy nomlari haqidagi fan asosan tarix, jug`rofiya va tilshunoslikka tayanadi. Shunga qaramay ba’zi qishloqlar bilan bog`liq  rivoyatlarni o`quvchilar hukmiga havola etmoqdamiz.

Tumandagi qishloqlarning nomlari uning qisman tarixini ifodalaydi. Jumladan, Mamay qishlog`i shu erda yashagan chorvadorlar jamoasining boshlig`i Mamaybiy nomidan kelib chiqqan deb hisoblashadi. Bu haqda «Safedbulon»da VII asrda arablar bilan mahalliy aholi o`rtasida ro`y bergan jang tafsilotlarini ko`rsatish mumkin. Sho`rkent qishloqi o`rni to`qay, hamishzorlardan iborat bo`lgan.

Dastlab bu yerga arab xo`jayinlari kelib chorvachilik bilan shug`ullangan, ularning xizmatkorlarini «Qorachalar» deb yuritilib, soyning u betida Ho`jasho`rkent, bu betida Horasho`rkent qishloqlari barpo bo`lgan. haqiqatda esa «Sho`rkent» emas, «Shirkent» bo`lib sut-qatiqqa serob qishloq demakdir.

O`zak so`zi bilan bog`liq joy nomlari juda ko`p. O`zak Xorazmda va Qoraqalpog`istonda «daryo irmog`i, tarmog`i» ma’nosini bildiradi. Mahmud Qoshg`ariyning «Devon»ida O`zak-«uzuk»shaklida uchraydi va unga quyidagicha izoh berilgan: «Uzuk yerdan sirg`ib chiqib, hovuzga aylangan suv, shuningdek vodiylardan ajrab chiqqan ariqni uzuk suv deyiladi». O`zak qishloqi nomi tabiiy ravishda suv bilan bog`liqdir.

Aholi fikricha O`zak-o`rta qishloq, kindik ma’nosini bildiradi. qishloq ilgari Gaznonning shimoliy g`arbida bo`lib, keyin hozirgi joyga ko`chgan. Xadikent esa ikki soylik oralig`ida to`qay, xilvat joyda bo`lganligi uchun u yerga borishdan kishilar qo`rqib, hadiksiraganlar, keyinchalik bu yerlar o`zlashtirilib Xadikent nomini olgan degan farazlar mavjud.

Zarkent qishloqining paydo bo`lish davri bundan 800-1000 yillar ortiqroq vaqtga borib taqaladi. Bundan 200-250 yillar muqaddam qishloq markazida yo`lning ikki betida savdo rastalari, karvonsaroylar bo`lib, bozorda ko`plab zargarlik buyumlari-isirg`a, uzuk, bilak-uzuk, zarchoponlar sotilgan. Qo`qon, Marg`ilon, Chust, Kosonsoy, Axsikentdan kelgan savdogarlar bu yerda haftalab qolib, savdo qilishgan. Shunga nisbat berib, Zarxon degan fikr bor. Ikkinchi bir rivoyatda Qo`qonlik Zarliboy Chotqolga ketayotib, bu yerda tunagan va aholi katta boylik ulashgani uchun Zarlikent, Zarkent deb nom qo`yilgan, deyiladi. Yana bir rivoyatda qishloq ahli nihoyatda qashshoq yashagani uchun Zorlar qishloqi-Zorxon, Zorkent deb nomlaganlar deyiladi. Bartold: arab geografi «Mahdisiy» asarida Shosh viloyatida qayd etilgan Zarankatu qishloqini hozirgi Zarkent bo`lsa kerak deb taxmin qilgan.

Zar-oltin, dur-quyosh, dorin-etak. Zarinkent bo`lganda «tog` etagidagi qishloq» deyish mumkin. Bu atama qishloqdagi tog`larga nisbatan berilgan, shu sababli haqiqatga yaqinroq.

Poromon qishloqi nomining kelib chiqishi xususida ham turli qarashlar mavjud. Arablar bostirib kelgan davrda yetuk bilimli avliyo sifat Hazratishoh buva urushdan nolib, tarki dunyo qilib Allohdan makon so`raganda «Osmondan parcha non tushgan joy sening manzilgohing bo`ladi» degan xabar keladi. hozirgi «tutmozor»oldiga osmondan yarimta non tushib, Hazratishoh uchun yemish bo`ladi, va u kishi shu yerga o`rnashadi. Mahalliy aholi farzandlari u kishini devona sifatligi uchun kalaka qilaverganlaridan ranjib, qo`shni qishloqqa ko`chib ketadi va bu yer u kishini nomi bilan yuritiladi. Poromon nomi «pora non», «yarimta non» so`zidan kelib chiqqan deyiladi.Bundan tashqari qishloq jug`rofiy nuqtai nazardan tog` ostida joylashganligi tufayli, uning nomi «promon» so`zidan kelib chiqqan bo`lishi ham ehtimoldan holi emas. Kalishoh qishloqi bu yerga ko`chib kelgan termizlik aka-uka Said bobo va Saidkalon degan kishilarning nomlari bilan bog`liq bo`lib, ular qishloqning yuqori qismidagi buloqlardan suv keltirib hozirgi qishloq kasalxonasi o`rnida yashab, u yerni obod qilganlar. Qo`qon xoni Umarxon bu yerdan o`tayotib joyning chiroyliligini ko`rib, «gulshoh» deb nom qo`yib xonlik vakilini yuboradi, keyincha qishloqqa Peshqo`rg`on, Hazratishoh, Koson, Baliqko`l, Namangandan odamlar kelib joylashib qishloq barpo bo`lgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ruslar Namangan uezdiga kelib yer tuzishda gulshoh so`zini kalshoh deb atab hujjatlashtirganlar va keyincha qishloq Kalishoh deb nomlanib qolgan. O`zbek toponimlari lug`atida «Kalisho — kalish, maxsido`zlar qishloqi» sifatida ta’riflangan.

Bekobod qishloqi ham o`z tarixiga ega. XVII asrlarda Qozog`istonning Marki shahridan besh og`a-ini ko`chib kelib hozirgi Yettikon tepaligiga joylashib chorvachilik bilan shug`ullanadi. Yaylov talashib, qirg`izlar bilan to`qnashuvda yengilib hozirgi masjid atrofiga tushib yashab dehqonchilik bilan ham shug`ullanadilar. Qo`qon xoni Erdanbek bu yerdagilarga boshliq qilib Bekberdi dodxoni yuborib, unga qishloqni obod qilishni tayinlaydi. Bekberdi dodxoh qishloqqa asos solib uni obod qilgani uchun uning nomi bilan Bekobod deb atab kelingan.

Iskovot qishloqi dastlab Qandiyon, Gaznon, Kandabuloq, Yakkasadada joylashgan bo`lib, keyincha hozirgi o`rniga to`plangan. qishloqda karvonsaroylar bo`lgan, atrofdan yo`lga chiqqan savdogarlarga bu yerda tunab «iskab» o`tish maslahat berilgan. Shunga ko`ra «iskabo`t» so`zi Iskavot bilan almashtirilgan.

Navkent qishloqining tarixi qadimiy bo`lib, aslida sharqiy Eron tilida «nov»-yangi, «kent»-shahar, qal’a ma’nosini anglatadi. Navkent aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug`ullanuvchi qadimiy so`g`diy qabilalarning avlodlari bo`lgan «Sart»lardan iborat.

Sangiston qishloqi «sang»-tosh, «iston»-joy yoki toshloq degan ma’noni beradi. Bu yerni aholisi ham navkentliklar kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanadilar.

Rovot qishloqi aholi fikricha ma’nosiga ko`ra forscha «roh», so`g`dcha «vot» so`zlaridan yasalgan bo`lib, roh-yo`l, vot-kesishgan ma’nosidan iborat bo`lib, yo`l kesishgan joy, chorrahadir. Qadimda savdo yo`llari ustida obod va gullab yashnagan joy bo`lgan. Ravot yoki Robot jo`g`rofiy atama bo`lib, juda katta hududlarga tarqalgan. V. V. Bartold bu atama arabcha bo`lib, oldin Rabad shaklida qo`llanilgan va «shahar devori», «shaharning tashqi qismi» ma’nosini anglatgan deydi. V. V. Bartold Rabot va Gabot va Rabot atamalari orasida farq borligini yozadi. Rovot «chegara posti, istehkom, qo`rg`on» degan ma’nolarni bildiradi.

Buloqboshi — buloqlar boshida joylashgan qishloq bo`lib aholining turklashuv jarayoni davrida paydo bo`lgan. Qipchoq aholisi ta’sirida til xususiyati, urf-odati bir muncha o`zgargan cho`ngbag`ish deb nom olgan aholiga ta`luqlidir.

YANGIQO`RG`ON   HUDUDIDAGI   YODGORLIKLAR

Ilontepa Yangiqo`rg`on tumani Navkent selsoveti Buloqboshi qishloqida joylashgan. M.a. II-I asrlar, milodiy I-IV asrlar, milodiy IX-XII asrlar.

M.X. Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Umumiy diametri 150 m ga yaqin, balandligi 10 m ga yaqin. Ikki qismli teppalikdan iborat, biri janubda ikkinchisi shimolda joylashgan. hozirgi kunda shimoliy qismda joylashgan pandus tekislab qo`yilgan.

Ilontepadan antik va o`rta asr davrlarining keramiklari topilgan. Yodgorlik yaqinida buloq joylashgan.

Oqtepa yodgorligi Yangiqo`rg`on tumani Poromon qishloqida milodiy I-IV asrlarda mavjud bo`lgan. M.X.Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Yodgorlik uchburchak shakldagi tepalik kabi joylashgan. Uchburchakning tomonlari 20 m teng.Yodgorlik usti (yuzasi) tekis va har tomondan 9 m ga teng. Yodgorlik ko`p qavatli bo`lib, unda antik va ilk o`rtaasr davrlar mavjud.

Beshiktepa yodgorligi Yangiqo`rg`on tumani Kalisho qishloqida joylashgan bo`lib Kirov nomli -13 kolxozdan Kalisho xududining harbidan 1 km da joylashgan.

Bu yodgorlik alohida joylashgan yirik tepalik yuzasida (ustida) joylashgan bo`lib, aniq ajratilgan qatlamlari mavjud emas. Tepalik ustidan keraklik materialtopilgan. Ular asosan ilk o`rtaasr davriga tegishli.

Shu tepalik joylashgan qishloqni Sassiqsoy deyishadi. U yerda avval ham, hozir ham buloq suvlari ko`p.

Qishloq yerlari shu suvlar bilan sug`oriladi.

Ettikontepa Yangiqo`rg`on tumaning Кirov kolxozi xududidagi Begovotsoy yaqinida joylashgan.Milodiy I-XIII asrlar.

M.X.Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Bu yerda qadimgi qishloqning himoya devorlari topilgan. Bu devorlar qishloqni butun chegarasi bo`ylab olingan.

Bu devorning qoldiqlari hozirda ham saqlanib qolgan. Maydonining uzunligi 250 m, eniga 75 m, bo`yi 2 m. qishloqning markazida hozirda hech narsa yo`q, chunki maydon xo`jalik madaniyati sifatida ishlatilmoqda.

O`rdatepa Yangiqo`rg`on tumani Navkent qishlog`i Terak maxallasida joylashgan. Milodiy IV-VII asrlar.

M.X.Isomiddinov tomonidan 1981 yilda o`rganilgan. Bu yodgorlik har tomonlama qishloq uylari bilan o`ralgan. Yodgorlik tepalikda joylashgan bo`lib uchburchak shaklga ega.

Janubiy-sharq tomonida alohida o`yilgan joy bor. Yodgorlik har tomondan buzilib ketgan.

Tepalik markazida chuqur jar bor uzunligi 17-18 m, eniga 3-4 m, u 30-40 yil oldin kovlangan. Bu tepalik asosan yagona tepalik hisoblanadi, chunki unda qisqa davr ichida unda xayot davom ettirilgan.

Qo`rg`ontepa Yangiqo`rg`on tumanining G`ovazon qishloqida joylashgan. Milodiy IV-VIII asrlar.

M.X.Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Bir tomonida adirlar bor, ikkinchi tomonida esa adirlardan yanada balandlikka ko`tariladi. Uning bu qismi G`ovazon qishlog`i deb nomlanadi. Bu yodgorlik barcha o`rganilgan yodgorliklar ichida eng kattasi xisoblanadi. To`rtburchak shaklga ega. Boshqa

yodgorliklardan uning farqi shundaki: 1) o`lchami (maydoni) katta; 2) tepalik ustida joylashgan. Tepalikning pastki qismida madaniy qatlamlar bilinmagan. Ular asosan tepalikning yuqori qismida joylashgan. Shaxristonning bir necha qismi buzib tashlangan. Vayronalardan topilganlar asosan xumlar, o`choqlar va ular ilk o`rta asr davrlariga tegishli.

Yumoloqtepa Yangiqo`rg`on shaharchasida joylashgan. Miloddan avvalgi II asrda va milodiy VIII asr.

M.X.Isomiddinov tomonidan 1981-yilda o`rganilgan. Ikki qismli tepalikning buzilishi natijasida yaralgan. Yumoloq shaklga ega bo`lgan. harbiy tomoni tepalik bo`lgan, sharqiy tomoni maydon bo`lgan. Umumiy diametri 75 m, tepalik balandligi 12 m, maydoni 2 m.

U yerda 4-ta qator qilib terilgan xumlar bor. Idishlarning rangi pushti, balandligi 1 m. qatlam ustida balandligi 4-5 m bo`lgan g`ishtli devor o`rnatilgan.

Sharqdan 200 m pastlikda Namangansoy o`tadi. Yodgorlik 50 X 30 m o`lchamli, balandligi 5 m bo`lgan tepalikdan iborat. Sharq tomondan zamonaviy uy xovlilar bor va asosiy asfaltlangan yo`l bor. Shimoli-harbiy qismida elekr o`tkazish uchun transformator joylashtirilgan.

TUMANIMIZ HUDUDIDAGI «BOBO XONDON» MASJIDI VA QABRISTONI

Tuman markazidan 3 km shimolda tepalikda joylashgan qadimiy masjidalardan biri «Bobo xondon» masjididir. Bu masjid Istiqlol maxalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan. Masjid 1884 yili qurilgan qadimiy masjid bo`lib, mustaqillik sharofati bilan islom diniga katta e’tibor berilgach, 1992 yil masjidda qayta qurilish ishlari olib borildi. Uning nuragan minoralari va kirish peshtog`lari ta’mirlandi. 1998 yil masjid adliya tomonidan qayta ro`yxatdan o`tgan. Masjid imomi esa Sapponov Akmalxon bo`ldi.

Masjidni bunday nomlanishining sababi shuki, qadimda bu yerda Boboxon degan bir odam yashagan ekan. U kishi doim quvnoq kulib yurgan ekanlar. U kishi kulsa xondon otib kular ekanlar. Shundan keyin u kishini Boboxondon deb atay boshlashibdi. U o`z o`g`illari bilan shu yerda yashab xalq uchun masjid qura boshlaganlar. Ammo qurilish nihoyasiga yetmay u kishi olamdan o`tgan ekanlar va masjid nomini «Boboxondon» deb qo`yishgan ekan.

Rus bosqini davrida masjid yopib qo`yilgan. Ruslar bu yerni oziq-ovqat ombori qilishgan. Masjidga yuzdan ortiq odam sig`adi.

Masjid oldida esa qadimiy qabriston joylashgan. Qabriston 4 gektar hududni egallagan bo`lib, qadimiy qabristonlardan biridir. Qabristonga birinchi odam Boboxondon qo`yilgan ekan. Uning qabri esa g`ishtdan xonaqo shaklida qurilgan bo`lib, hozir ham bor. Shundan so`ng bu yerga odamlar qo`yila boshlagan. Hozirgi kunda esa qabristonning ma’lum bir qismidagina joy qolgan. Boboxondon qabristoniga ayollar kelib, is chiqarishadi, qurbonliklar qilishadi. Mustaqillik sharofati ila qabriston hududi ta’mirlandi.uni devorlar bilan o`raldi. Bu qabristonga farzand tilab keluvchi ayollar ham keladi.

B A X S H I L I K

Anora baxshi Yangiqo`rg`on tumani Buloqboshi maxallasida istiqomat qiladi. U o`zining baxshi bo`lishi haqida shunday ma’lumot beradi. U avval Surxandaryo viloyatida tug`ilgan. 21 yoshida tuzalmas dardga chalinib qoladi va tushida tumanimizdagi qadimiy 5 ta buloqdan suv ichishi ayon bo`ladi. Shundan so`ng u bu yerlarga kelib buloq suvidan ichadi va xamma darddan forig` bo`ladi. Shundan keyin u baxshilik qila boshlagan. U ishi yurishmaganlarga, kasallarga fol ochadi. Uning asosiy ish qurollari-kosada suv, rasm, isiriq, ko`zmunchoq va do`lana (qolganini esa sir dedi). U  yana fol ochish jarayonida turli xayvonlarni ham qurbonlik qilgan. Masalan: u xo`rozning boshi, tanasidan ham foydalanar ekan.

Anora baxshi ish usuli quyidagicha ekan:

«U kosadagi buloq suvigv uzundan-uzoq duo o`g`ir va munchoqlar boylangan ipni kosaga solib dam solar, keyin esa uni bemorga sochardi. Agar bemor bundan qattiq qo`rqsa, bemorga ins-jinslar yopishganligidan dalolat berar ekan».

Uning ta’kidlashicha u barcha bemorlarga duolar yozilgan tumor berar ekan. Nimaligini so`raganimda esa buni o`zi ham bilmasligini, buni bari bir kun oldin tushida bo`lishini ta’kidladi.

Tuman hududidagi Istiqlol qishloq fuqarolar yig`inida 75 yoshga kirgan mo`ysafid Ergash baxshi quyidagicha axborot berdi:» U o`zidagi bunday hislatni keyinchalik payqab qolgan. U buni oldin hech kimga aytmagan. qo`rqqan ekan. Keyin u bilishicha uning eng katta bobosi baxshi folbin bo`lgan ekan. Ruslar bosib olgan davrda uning bu ishini diniy xarakterda deb ruslar tomonidan surgun qilingan».

Ergash baxshining aytishicha uning o`z odamlari (farishtalari) bor ekan. Unga xamma narsa shular tomonidan ko`rinar ekan. Baxshi kasallarga, ishi yurishmaganlarga, omadsizlarga, baxtsiz oilalarga fol ochar ekan. Uning aytishicha ba’zida odamlari ya’ni farishtalari ko`ziga ko`rinmay qolar ekan. U oldiga kelganlarga yo`l- yo`rig` ko`rsatadi.

M I L L I Y     K I Y I M L A R I

O`zbek milliy kiyimlariga nazar solib haraydigan bo`lsak, ilgari erkaklar milliy kiyimiga asosan:yaktak, chopon, do`ppi, belbog` bo`lsa,  oyoq  kiyimiga etik, kalish, maxsi kirar edi .

Hozirgi davrga kelib:

1.Chopon hozir ham bor

2.Belbog`,do`ppi,telpak, kostyum-shim, palto, plash va shunga o`xshash kiyimlar qo`shildi.

Ayollarimizniki bo`lsa, keksa ayollarimiz burmasiz to`g`ri kuylak, oq ro`mol, nimcha, paxtali va paxtasiz nimchalar.Oyoqqa kalish-mahsi va kovush-mahsi kiyishadi. Qizlar va kelinlar esa burmali xon atlas, ko`chaga, uy ichiga chit kuylak, kelinchaklar lachak kuylak kiyishgan. U oq doka bulor degan matolardan tikilgan. qishloq aholisi tuman xalqlari orasida ancha madaniy ahvoli yuqori desak adashmaymiz. Ayollar bahor oylarida barcha o`zbeklarda bo`lgani kabi «atlas», «adras» matolaridan kuylak va lozimlar kiyishadi. qishloqimizda paxta mahsulotlaridan tikilgan kiyim kechaklar ayollar egnida ko`proq uchraydi bu matolarni ular odatda  foydali deb hisoblashadi.

Xalqimiz zamon taraqqiyoti asosida kiyinish madaniyatiga erishgan. Ayniqsa qishloqda o`qimishli yoshlar ko`p bo`lgani uchun bugungi taraqqiyot yuliga kiyinish madaniyati chiqib olgan. Lekin qishloqda hariyalar hisobiga soch-popuklar taqqan, ro`mollarni rupak qilib yuradigan, doimiy mahsi-kalash kiyib yuradigan ayollarni uchratish mumkin. Erkaklar qishda telpak, palto, choponlar kiyishadi. hariyalar orasida qishda po`stin, chaqmon, chopon, to`n kabi issiq kiyimlarni ham uchratish mumkin.

Axborotchi: Karimova Xusnida 79 yosh.  

M I L L I Y    T A O M L A R

Qishloq aholisi asosan o`zbek milliy taomlarini tayyorlaydi va iste’mol qiladi. Bahor oylari sumalak va xalim tayyorlanadi. qishloq qirgiz ahli bilan chegaradosh quda — anda, qarindosh – urug`chilik ko`p bo`lganligi uchun bo`lsa kerak yoki ob-havo pastligi uchunmi ot go`shti, qazi-hartadan turli taomlar tayyorlanadi. Bunga kesma kulchatoy yoki norinni misol keltirish mumkin.

Sigir sutidan suzma, qurtova, shirin-gurunch, pishloq, sutli xorda, ayron va boshka taomlar tayyorlanadi. Yana bularga palov (osh), sho`rva, shilpildoq, chuchvara, manti, dimlama, shashlik kabob, mastava, moshxo`rda, ugra cho`p kabi ovqatlarni kiritishimiz mumkin.

Axborotchi: yo’ldosheva Ruqiya 75 yosh.

K I N N A

Kinna deb, ba’zi-ba’zida bolalarni, ayollarning boshi yoki qorni og`rib qolsa kinnachiga olib boriladi. Kinnachi ayollar yoshi o`tganroq yoki biror kattaroq kinnachilardan fotixa olgan bo`lishi kerak. Ana shu kinnachilar piyolaga kul,  kesak, piyoz, pichoq solib piyolani biror matoga o`rab og`rigan joyga to`ntarib bosishgan. Hudoni qudratidan kim biladi deysiz kinna solgandan keyin ko`p hollarda og`riqdan insonlar xalos bulganlar. Kinna soldirgan kishi kinnachiga narzini berganlar. Bermasa em tushmaydi deb bilishgan. Kinnachilarni tilidan.

Keksalarning aytishicha «kinna» so`zi tojikchadan olingan bo`lib, «kin» (baxillik, xusumat) degan ma’noni bildiradi. Xaqiqatdan ham bu atama suq, hasad, kek, o`ch, xusumat ma’nolarini anglatadi. Kinna moddiy narsa emas. U ibtidoiy davr kishilari tasavvuridagi ruxlar va mavxum narsa bo`lib, kishilar ruxiyatiga ta’sir etuvchi kuchdir. Ma’lumki o`zbeklar qadim davrlardan ruxlar borligiga ishongan. Xizr, arvox, momolar, parilar, chiltonlar, muakkillar, qirg`izlar, Bibimushkulkushod, Bibiseshanba kabi yaxshi dev alvasti va jin, suq kabi yomon turlarga ajratib kelishgan.

Kinnani ya’ni o`choqni insonlardan xaydab chiqarish uchun shunday so`zlar aytiladi Chiq-chiq chiqmasinga qo`ymayman chiqmasang sanga la’nat, chiharmasam manga la’nat, tig`i-tig`i tog`larga bor, qorni katta boylarga bor, bunda nima qilasan chiq-chiq-ko`k qizniki bo`lsang chiq, qo`y qizniki bo`lsang chiq it-mushuklarga bor, fe’li buzug`larga bor. Chiq-chiq chiqmasinga qo`ymayman deb kinna qiladi. 3-marta piyoladagi kulni ochib haraydi uchinchisida kul teshilib piyolani tagi ko`rinadi keyin betiga suv sepib xama yoqini uqalab qo`yadi va xudodan so`rab, tilab omin qiladi.

SH E ` R I Y   S H A K L D A G I    K I N N A

Xa, chiq badbaxt chiq

Chiqmaganingga qo`ymayman

Ko`zlaganning ko`ziga bor

So`zlaganning o`ziga bor

Qon yalagan kassbga bor

Gard yalagan tegirmonga bor

Un yalagan allofga bor

Qorni katta boylarga bor

Ket-ket kinna oylarga bor

Oy ostida o`ltirgan boylarga ket

Tirik desang soylarga ket

Juyiriq desang toylarga ket

Ket meni bolamdan ket

Meni guli lolamdan ket.

Axborotchi: Kenjaboev Jamoldin 85 yosh.

B O L A L A R    U Y I N L A R I

Hamma O`zbekiston xalqlari bolalari kabi qishloqimiz bolalari ham turli xildagi o`yinlar o`ynab kelishgan va bular hozir ham bor. Jumladan: chillaki, sopol berkitar, berkinmachoq, oshiq o`yini, oq terakmi ko`k terak, to`p tosh (qizlar orasida), varrak uchirish, ko`z bog`lagich, urib chiqarish, chiziq (mak-mak), lanka (par uyini), eshak mindi, quvlashmachoq, arqon tortish, urdi, xakalacho`p (arqonda sakrash), futbol, kurash turlari kabi bolalar o`yinlari mavjud.

Bularning ichidan lanka (par o`yini)ni olsak, bu o`yinda ikki va undan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Bu o`yinda qo`y terisidan mahsus par tayyorlanadi. So`ngra mana shu parni birin- ketin ishtirokchilar o`ynaydi.

O`yin qonuni: o`yinda bir oyoqda parni tepiladi va tushirib yubormaslik kerak. qaysi o`yin ishtirokchisi ko`proq par tepsa shu qolib bo`ladi.

Varrak uchirish ko`pincha bahor faslida o`ynaladi . Bunda bahor faslida sayllarda bolalar ichida musobaqaga aylanib ketadi.O`yin sharti qog`ozlardan va yelimdan foydalanib varrak yasaladi. So`ngra musobaqa boshlanadi. Bunda bolalar varrakni kim tepaga uchirish o`ynashadi. Varrakni baland uchishigina emas, uning ko`rinishi va sifati ham muxim axamiyatga ega.

Axborotchi: Oxunova Raxbarxon 68 yosh.

S H E V A L A R

Qishloq aholisi asosan o`zbek bo`lganligi uchun sof o`zbek tilida so`zlashadi. Lekin har bir xududda o`ziga xos so`zlar bo`lgani kabi bu qishloqda ham shevaga xos so`zlar uchrab turadi.

Yangiqo`rg`on shaharchasi aholisining shevasi adabiy tilga yaqin bo`lib, aholining asosiy tarkibini o`zbeklar tashkil qiladi. Shu sababli aholi orasida sof o`zbek tilida gapiradiganlar ko`p. Boshqa yon-atrofdagi qishloqlar shevasida xurmat ma’nosida «la» qo`shimchasi qo`shib gapiriladi, lekin, bizning qishloqda bunday qo`shimcha qo`shilmaydi. Boshqa qishloqlarda men, sen qo`llanilsa bizning qishloqda man, san kabilar qo`llaniladi. Yon-atrofdagi qishloqlarda xurmat ma’nosida «keldila», «ketdila» deyilsa bizning qishloqda keldi, ketdi ishlatiladi.

Jumladan o`zbek tilidagi-yapti qo`shimchasi shevada-yatti deb talaffuz qilinadi.Ona so`zi shevada aba shaklida.

Axborotchi: Xolmatova Xapiza 81 yosh.

M A R O S I M L A R

Xonadonda chaqaloq yig`isi eshitildi. Bu xonadonda ota-ona quvonchi cheksiz bo`ladi. Chaqaloqni 40-kun chilla davri xisoblanadi. Shu davrda ehtiyotlik bilan parvarish qilinadi. Chaqaloqqa 20-kun bo`lganda beshikka solinadi. Beshikka solinadigan kunda yoshi ulug` kishini yoki chaqaloqni momosi bo`lsa shu kishi beshikka belab beradi. Beshik atrofiga bolajonlar yiqilib sochilgan qandlardan olib yeyishadi.

Kattalar yaxshi tilaklar tilab duo qiladilar. Beshikdagi bolaga alla aytadilar.

Alla bolam alla-yo

Jonim bolam alla-yo

Katta bo`lgin jon bolam

Elga kor kelgin bolam alla-yo

deb alla aytib o`tiradilar. Chaqaloq o`g`il bo`lsa xatna to`yi, qiz bo`lsa beshik to`yi qilinadi. har ikkala to`yga ham qiz tomondagi qudalar qiz bilan kuyovga, chaqaloqqa sarpolar qiladilar. O`g`il tomon esa oziq-ovqat bilan taminlaydi. Kelgan mexmonlarni mezbonlar kutib oladilar. O`yin-kulgilar,qiziq aytishuvlar kechgacha davom yetadi.

O`zbekona to`y marosimlarimiz juda qiziq bo`ladi. Ikki oila, qiz bilan yigit o`zaro kelishib turmush qurish uchun axdlashadilar.

Qudalar bordi-keldisi boshlanadi. qiz tomonga yigit fotixa to`yi olib boradi. Bu to`yga 20 ta erkak mexmonga boradi. 10 ta savatda xar xil non qand 10 kg, 2 kg choy, 50 kg un, 50 kg gurunch, 1 qop sabzi, 1 qop piyoz, 1 qop kartoshka, 1 ta katta qo`chqor, 20 kg paxta yog`i, 10 ta kuylak, 10 ta ro`mol, 1 dona palto, 1 dona jemfer, 3 ta kovush-maxsi, tufli, tapochka kelinga, qizni otasiga tufli va xokazolar bilan kichik to`y olib borishadi. U yerda qudalar uchun ziyofatlar bo`ladi.

Xullas to`y boshlanadi. qiznikiga kuyov do`stlari bilan ziyofatga boradi. Bu marosimni kuyov navkari deyiladi. Ziyofatdan so`ng kuyov bolani yasantirib sarpo kiydiradilar. 1 dona chopomon kuylak, duppi, sport formasi, kostyum-shim, tufli, 12-ta har xil toza matodan tikilgan belbog` beriladi. Kuyov navkari ketgandan so`ng qizni kuyovnikiga jo`natish marosimi bo`ladi. 15-20 ta katta kichik ayollar borib kelin olib kelishadi. Yoshi ulug` ayol kelinga lachak soladi. qizni dugonalari, qarindosh ayollar birgalikda mashinalarga o`ltirib kuyov bolanikiga olib boradilar. Ertasi kuni qizni onasini qarindoshlari, dugonalari bilan birgalikda kuyov bolanikida ziyofat beriladi. Shu kuni qizni otasini ham yori birodar, qarindoshlari bilan mehmon qilinadi. Bu marosimni ota chaqirdi deyiladi. Ertasi kuni kuyov do`stlari bilan, kelin bo`lmish kuyov qarindoshlari bilan qizni otasinikiga boradi. U yerda ziyofat bo`ladi. Bu marosimni kuyov chaqirdi deyiladi. Bu bordi-keldi 2-3 marta takrorlanadi. har bir inson yashaydigan joyda kattami kichikmi Olloxni qazosi ila O`lim sharbatini tortmagan inson zoti yo`q.

O`lim achchiq hech tuzatib bo`lmaydigan kasallikdir.O`lik o`lgan xonadonda turli marosim bo`ladi.

O`lgan o`likni (ya’ni mayit deyiladi) yuvib oq matoga o`rab, ustidan gulli, gulsiz mato yopib zambilga solib qabristonga olib belgilangan joyga qo`yadilar.

Mayitga ham tiriklik vaqtidagi singari kuylak, ishton, ro`mol o`ratib qo`yiladi.Xammasi oq surpdan bo`ladi. Oq chayshobga o`raladi.

Mayit chiqqan xonadonda marosimlar boshlanadi. Beshinchi kuni katta exson qilinadi. Tilovat Qur’on o`qiladi. Osh damlanib tarqatiladi. 15-chi kuni kichik qiriq bo`ladi. Qarindosh, maxalla ayollarini chaqirib osh beriladi. Tilovat  qur’on o`qiladi. 39-chi kuni katta qiriq bo`ladi. qarindosh, maxalla erkaklarini chaqirib osh beriladi.

Yangi kunlari xaftada, keyin oyda bir marta maxallani kattalarini chaqirib mehmon qilib tilovat Qur’on qildirib turiladi.

Yildagi xayit kunlari, bahor ayyomlari tilovat Qur’on qilib yo`qlab turiladi. O`zbekona marosimlar shulardan iborat.

Axborotchi: To`raeva Ibodatxon 75 yosh.

A Z A    M A R O S I M I

Inson dunyoga kelibdiki, u dunyodan ketadi. Bu dunyoda uning qilgan savobli ishlari va yaxshiliklari-yu, farzandlari qoladi. Xadisda shunday deyilgan ekan: » Dunyoda shunday munosabatda bo`lgani, go`yoki unda abadiy yashaydigandek va oxiratga shunday munosabatda bo`lgan huddi ertaga o`lgandek» shuning uchun yoshmi-harimi, yigitmi-qizmi bu holatga tayyor turishi kerak, yana har bir musulmonning oyati xaqqi bordir. Agar muloqot bo`lib qolsa salom ber, agar ziyofat yoki majlisga chaqirib qolsa bor, agar pand nasixat so`rab qolsa, maslaxatingni ber, agar aksirsa-yu «Alxamdulillox» desa «Yarkamukallox» deb javob ber, agar bemor bo`lib qolsa, ziyoratga bor va yo vafot etsa, «Innalilloxi innailloxirajunun» ya’ni, bir xudo bilan bizning qaytishimiz ham xudo tarafidadir deya janozasida hozir bo`l, tuproqqa topshir deb aytadilar, Muxammad Sallolloxi Alayxi Vasallam. Shaharchamizda biror kishi kasal bo`lib qolsa, avval ota-ona, keyin qarindosh, tengdoshlari borib ko`radi. O`lish arafasiga kelgan bemorning qulog`iga «kalimaiy iymon» salovatlari aytib turiladi. Bu dunyodan u dunyoga musulmon bo`lib ketsin degan maqsadda qilinadi. O`lim xar xil belgilar bilan keladi. Shunda bemorni boshini qiblaga haratib yana oyoqlarini qiblaga haratib, orqa bilan yotqizib qo`yilsa jon chiqishi osonlashadi. Vujudidan ruxi uchib marhumning badani va oyoqlari to`g`rilanadi. Ikki oyog`ining bosh barmoqlari bir-biriga latta bilan bog`lanadi. Keyin oq mato bilan iyagini bog`lanadi. So`ng taxta ustiga yotqizilib uning qorniga pichoq qo`yishadi, qorni shishib ketmasligi uchun taxta va uy atrofini xushbo`y qilishgan. Xayzli xotinlar yaqinlashtirilmagan. G`usl murdani yuvish vazifasi asosan g`assolsol ko`proq marxumning otasi, marxumaning onasi yoki qizi bo`ladi. Agar er o`lsa xotin er yuzini ko`rishi mumkin, g`assol bo`lib yuvishi mumkin, agar xotini o`lsa , er xotinining yuzini ko`rishi mumkin, janozasiga imom bo`la oladi. Tobutini ko`tarib borib o`z qo`li bilan tuproqqa ko`mishi mumkin. Yuviladigan joyga kirishi ta’qiqlanadi va ko`proq maxfiy bo`ladi. Murdani taxtani ustiga, oyoqini sharqqa, boshini g`arbga qilib yotqiziladi. Avrat tozalanib, ustiga latta qo`yiladi, so`ng murdani sochi va soqolini gulxayri suvi bilan yuviladi. Bo`lmasa sovin bilan keyin qo`l panjalari bilan latta o`rab issiq suvda xo`llab olinadi. Og`iz, burun, qo`llarini keyin yuzi va quloqlarini tirvagigacha yuviladi. So`ng quruq latta bilan artib qulog`idagi lattalari olinadi. Tirnoqi, soch tolasi tushib qolsa bir chekkaga olinib tuproqqa qo`shiladi, ko`mib yuboriladi. Marxumni bir marta yuvish farz qilingan, qolgani keraksiz. Undan asosan to`rt kishi qatnashadi. Yuvuchilar murda tanasini kamchiliklarini aytishi gunox hisoblanadi.

Kafanni tartiboti: erkaklar libosi uchta. Ayollarniki esa beshta.

Erkaklarniki:

1.      Ustiga choyshab-murdani boshidan oyog`igacha yopib turadigan va har to`rtala tarafidan 40 sm bo`lgan uzun oq gazlama.

2.      Uzunligi murdaning tizzasigacha yetadigan qadimgi kuylak biroq u tikilmaydi.

3.      Ishton

Ayollarniki: 1. meshfofa, 2. kames, 3. ishton, 4. xunor (ro`mol), 5. xirqa.

Kafanga o`rash tartibi keng va pok joy topib meshfofa yoyiladi, murdani oxista ko`tarib uning ustiga olinadi, keyin xushbo`y narsalar misli xunut va naful o`likning qo`li oyoqlariga sepiladi. Shu jumladan burun kataklariga, lablar, boshi, peshonasi, soqoli, mo`ylovi, qo`ltiq ostilari, qo`l va oyoq panjalari orasiga sochiladi, sepiladi. Ana shundan so`ng meshfofa har biri aloxida o`raladi. Kafan yozilib ketmasligi uchun bosh va oyoq tarafidan bog`lanadi.Laxatga qo`yilayotganda belbog`lar joyiga yechib qo`yiladi. Bunga qo`shimcha ravishda kafanning tobut va tobud anjomlariga xushbo`y narsalar sepiladiki, tobut ko`tarib borayotganlar bu xushbo`ylikdan baxra olsinlar. Bu murdaga go`riga ham xashoratlarni yaqinlashtirmaydi. Ayollarga kafan bichish yo`li ham shunaqa. Qo`shimcha shuki kafanni kiygizganda sochlarini ikkita o`rib, ikki tarafdan ko`kragiga qo`yiladi. Bu o`rimlar xushbo`y qilinadi, keyin ro`mol kiygiziladi. Ro`mol uzunligi belgacha keladi.

Tobutni xo`l latta bilan artiladi va yuviladi, chunki it yoki mushuk tekkan bo`lishi mumkin. Shundan so`ng qishloq masjidi imomi chaqiriladi. Tobutdagi marxum yuzi qiblaga haratiladi. Barcha musulmon xaloyiq janoza namoziga turadi. Shunda imom xaloyiqqa vas o`qiydi va mana shu mayit marhum qanday kishi edi ? Savollari bilan bir qatorda va yana marhumda kimning xaqqi bor ? Savolini tashlaydi, qarindoshlaridan biri chiqib harzning o`z bo`yniga oladi. Shundan so`ng 4 tartibli janoza namozi o`qiladi. Imom janoza o`qiyotganda mayitning ko`kragi to`g`risida turadi. Janoza o`zini o`ldirganlarga buyurmaydi. Agar bola tug`ilsa ovoz chiharib o`lsa, unga nom qo`yiladi, yuvib kafanga o`rab janoza o`qiladi. Agar ovozsiz o`lik tug`ilsa nom qo`yib g`usul qildirilib, janoza davomida biror godarsimon lattaga o`rab dafn etiladi.

Avval tobutning chap poyasini o`ng kaftiga qo`yiladi. Bu mayitning o`ng qo`l tarafidir. O`ng qadam yurgach tobutning oxirgi tarafiga o`tib, tobutning o`ng tarafini chap yelkasiga oladi, bu mayitning chap elkasiga tarafidir. Ya’ni o`ng qadam yurgach oxirgi poyasini chap yelkasiga oladi, bu mayitning chap oyoq tarafidir. Xadisda «Kishi qirq qadam tobut ko`tarsa, qirq gunohi kechiriladi» -deyiladi. Vaqtiki, albatta tobut tez olibborilishi lozim.

Qabr: 1 lahad-ayvon va lahaddan iborat. Ayvon 1,5-2,5 metr o`lchamda qaziladi. Uning kengligi 80 sm.

Undan keyin murda qo`yiladigan yer qaziladi. Xujra murda bemalol sig`adigan o`lchamda qazilishi lozim. Yorma ayvon va uning ichidan ochiladigan tokchadan iborat. Ayvon umumiy yer uzunligi murda uzunligidan, har ikki tarafdan yarim metr uzun bo`lishi kerak, uning eni ham balandligi ham 70 sm bo`ladi. Xadis: «bizning Islom nazdida har go`r ham lahaddir». Go`rning chuqurligi odamning yarim beligacha yoki undan uzunroqdir. Go`r lahadga kirish qismidir va lahad go`rning qibla tarafidan kovlanadi. Murdani lahadga qo`yish lahad bilan go`r orasi ham g`isht teshiklari mayda kesaklar bilan berkitiladi. Maqsad tuproq murda ustiga tushmasin. Go`rni ayvon ham deyishadi. Ayvon tuproq bilan to`ldiriladi, ikki boshi boshi balandligida qovun shaklida ko`tarib qo`yiladi. Agar xoxlasalar somonli loy bilan suvab qo`yishlari mumkin. Agar qattiq toshloq bo`lsa, lahad yorma qilinishi ham mumkin. Bunda yormaning bo`yi odam bo`yi bilan barobar bo`lishi lozim, murda shu yerga qo`yiladi. Agar yer zaxkash bo`lsa-yu, go`rni turishi qodir bo`lmasa murda tobuti bilan qo`yiladi. Bu zarurat yuzasidan. Buning ichida murda qarindosh oilasi qo`yilishidan oldin xassa qilingan kaltaklar go`r ichiga ko`mib yuboriladi. Murdaning yuzi qiblaga «Bismillohu» va «Alamillati rasulilloh» deb qo`yiladi.

Belbog`lar yechishda «Allohuma la taxorinno atrofu va lataftana bog`dahu» duosi o`qiladi. Kimki lahadga mayidni qo`yar ekan go`rning tuprog`idan ikki kaftini to`ldirib uch marta oladiva lahad ichiga qo`yadi. Va birinchi sig`imini «manxo xoloq naxum» ni o`qib murdani bosh tarafiga to`kadi. Va ikkinchi qabzida «Vafniko kichidikum» ni o`qiydi va o`ng tarafiga to`kadi. Ma’nosi «Biz sizlarni tuprog`dan va yana tuproqqa qaytaramiz va yana bir bor sizlarni tuprog`dan tiriltiramiz». Lahad boshiga pishgan g`isht yoki taxta bilan berkitish makruxdir. Nabiralari murda tuprog`ini tepkilab turadilar. Bu yaxshilik alomatidir. Qabr ko`milgan imom tilovat qiladi. Dafndan so`ng mayitning farzandlari, aka-ukalari va ba’zi qarindoshlari biror soat o`tirishadi. Shundan so`ng 3 kungacha qozon osilmaydi. Boshqa xonadondan taomlar qilib kelinadi. Buni «Qora osh» deyiladi. O`lik ko`milgach fotiha qilish boshlanadi. Kelganlar tilovat qilib ketadilar. Marhumga yig`lash, lahadga qo`yilmasdan ko`z yoshi qilinadi. Yig`lovchi kishilarga marhum yiqqan narsalar bo`lib beriladi. Uch kundan so`ng «Kir yuvdi» marosimi o`tkaziladi. Bu marosimda qatnashgan barcha kishini usti boshi qay holatda bo`lishdan qat’iy nazar yechib yuviladi. Kiyimlari shu xonadonning o`zidan kiyib chiqib ketiladi. Ayollar esa marhumning ko`k matodan kiyim kiyadilar. Bu belidagi belbog`lar farq qilmasligi lozim. Oradan 5-7 kun o`tib xudoyi qilinadi. Bunda ayollar ishtiroki ko`proq bo`ladi. Ayollar olib kelingan, xonadondagi dasturxonda 7-ta patir bo`lishi kerak. Undani kam ham ko`p ham emas. Mulla, otin oyilar aytilib, qur’on-tilovat qilinadi. Xudoiga qo`shnilar, aytilgan kishilar keladilar. El-yurt kelganlarga go`ja oshi beriladi.xudoiga qo`y so`yiladi. har payshanba marhumni eslab, qarindoshlari yig`ilishadi. 17-19 kundan so`ng «Yigirmasi» o`tkaziladi. Qarindoshlari yig`ilishib osh qilinadi va tilovat o`qiladi.

Marhum uyiga chiroq yoqib qo`yiladi. Xonadon egalari marhumni qirqi chiqquncha tuxum yeyishmaydi, televizor ko`rishmaydi. Chunki bu marxumga nisbatan xurmatsizlik belgisidir. Qirqinchi kuni chiroq o`chiriladi va shu kuni odamlar ongida odam ruhi shu xonadonni tark etadi. Marhumning qirqi ham tog` kunlarda 37-39- kunlarda, ba’zan 41-kuni o`tkaziladi. Uzoq qarindoshlari chaqirilib osh, sho`rva qilinib tilovat o`qiladi. Ko`k kiygan ayollar bu marosimda qatnashmaydi. Ular «Oq kiydi» marosimi 7, 9, 14 yoki uzog`i bilan 15-chi oyda o`tkaziladi. Bunda faqat ayollar qatnashib, tilovat qiladi. Ko`k kiyim o`rniga oq kiyimlar kiyiladi. Oq matolar ichiga shirinliklar solinib tarqatiladi. Marhumga atab ayollar tomonidan qilinadigan marosimlardan yana biri «Qa’da» marosimidir. Bu marosimni faqat marhumning qizlari, singillari o`tkazishi mumkin. Shu kuni alohida tayyorgarlikdan so`ng qo`shnilar va qarindoshlar, ayollar aytilib dasturxonga taomlar tortiladi. Va oxirida tilovat qilinadi. Marosim davomida otin oyilar tilovat bilan birga mavjud Bibi seshanba asarlaridan o`qib beradilar. Osh eyilgandan so`ng har bir kiyimga alohida narsalar tarqatiladi.

Axborotchi: Tojibaev Azamjon 64 yosh.

R A S M — R U S U M L A R

Endi bola tarbiyasiga bog`liq rasm-rusumlar bilan tanishsak. Voyaga yetgan o`g`il-qiz turmush qurgandan so`ng, oilada yangi chaqaloq tuqiladi va shu kundan chaqaloq bilan bog`liq oilaviy marosimlar boshlanadi. Taxminan 15-20 kunlik chaqaloqqa atab buvilar olib kelgan beshikka yotqiziladi. Uni o`rash usullarini buvisi o`rgatadi. Bu marosimda bolalar, qarindosh-urug`lar qatnashadi. Onasi og`ziga tishlatiladi. Uni bolalar olib qochadi. Beshik bola oyoqqa turguncha yotqizadigan, yashash joyi boshpana uyidir. Shu kungacha zamonaviy xirofatchilar tomonidan zararli atalib kelinayotgan beshik ajdodlarimiz kashfiyotlari orasida aloxida o`rin tutadi.

Beshik mevali daraxtlarning tanalaridan yasaladi, osti to`rt oyoqli, tekkis terilgan taxta yotqich: tuvak uchun maxsus tutqich teshikdan iborat. Ikki yondosh va oyoq tomonlarning ustki qismi yoy bo`lib, tutqich tebratgichga kungara ulangan. Mustaxkam, qulay, yaxshi xosiyatli bitta beshik bir onaning emas balki uch-to`rt avlodning tarbiyalaydi xamqishloqlar ham bor.beshik ustiga yozda yengil surp, qishda duxoba yopiladi. Beshik ustiga to`shaladigan to`shama hovuzcha, hovuzlik ya’ni sholi qipig`i solinadi. Shunday qilinsa bolaning eti to`shakka yopishmaydi, xarakatda bo`ladi. Bolaning qo`l-oyoqlari bog`lab tep o`zak yog`ochdan o`ralib turuvchi belbog`lar ipak matolardan tayyorlanadi.

Belanchak yozga mos bo`lib, dala sharoitida, ikki daraxt orasiga tortilgan ip yordamida qilinadi. Beshik bor joyda bola bo`ladi. Bola bor joyda alla aytilishi tabiiy. Allada onalar o`z xis-tuyg`ulari, orzu-umid, istak, niyatlarini, dard-xasratlarini ko`mib aytganlar.

A L L A

Alla bolam alla

Jonim bolam alla

Ikki ko`zim alla

Shirin so`zim alla

Alla-yo, alla

Alla qilsin bolam-o

Uyquda orom olsin-o

Alla, alla deganda

Jimgina uxlab qolsin-o

Alla-yo, alla

Alla bolam yotarsiz

Yostiqlarga botarsiz

Bu yostiqni ko`tarsam

Guldan toza yotarsiz

Alla-yo, alla

Tut yog`ochdan beshigi

Turtmay tursin

Karimjonning yig`isi

Endi tinsin

Alla-yo, alla

Qo`zi boqqan qo`y etsin

Topganiga to`y etsin

To`y to`ylarga ulansin

Davlat boshingga o`rnatsin

Alla-yo, alla

Bola ikki oylik bo`lganida uning tirnoqini kitobga tatalab surpaga ishqab qo`yadi. Chunki bola bilimli, o`qimishli, rizqi-ro`zi barakali bo`lsin deb shunday qilingan.Bola 5-6 oylik bo`lganida uning birinchi marta sochi olinadi. Bunda shirinlik pishirib, maxallaga ulashiladi. Buni «Kokil» qo`shish deyiladi. Soch olingandan keyin, boshining peshona qismida ozgina soch tolasi qoldirilgan. Bolani emaklatib, asta-asta yurgizishga xarakat qilinadi. Unga yog`ochdan g`ildirakli yurg`ich olib solingan. Shu bilan bola asta-asta qadam tashlay boshlagan.Irimlar qilinadi, bola oyog`iga ip bog`lanadi va oyog`i orasiga paxta otiladi. Ustidan shirinlik sochiladi. Bolani emizishdan to`xtatish uchun ona ko`kragiga qalampir surtiladi. Shundan keyin bola achchiq narsani og`ziga olmaydi. Farzand kunlar, oylar o`tgach, uch qarzning biriga yetib kelinadi. Bu «sunnat» to`yi, «xatna» qilish, «qo`lini xalollash» marosimidir. Xatna qilish odatda tog` kunlar 1,3,5,7 yoshgacha qilinadi. qishloqimizda qo`lda ya’ni usta sartaroshlar yordamida yoki medisina yordamida qilinadi. Buni ba’zan musulmonlikka qabul qilish deyiladi. Xatnaga maxsus usta chaqirilib, usta bolaning a’zosi po`choqini qalin, yupqaligiga harab chiltish ishini amalga oshiradi. Buning uchun a’zo uchiga maxsus agrov qistirilib, po`stining chilinadigan qismi ustara tig`i bilan shart kesib olingan. Bu bolaning jonini og`ritadi. Albatta bu jarayonda ona o`zga xonadonda jimjilog`ini unga tikib o`ltiradi. Bolaga shu jarayonda og`ziga non tishlatiladi. Kesib olingan, o`rniga kuydirilgan paxta qo`yiladi. Xaligi kesilgan teri xilvat joyga qo`yiladi. Buni qishloqimizda ko`pni ko`rgan yoshi ulug` kishilar bajaradi. Bola uzog`i bilan bir xaftada tuzalib ketadi. To`yga qurbi etganlar o`sha kunni uch kungacha qilishadi. qurbi yetmaganlar maktab yoshigacha qilishadi. To`yda non tarqatiladi. Bolani muborakbod qilib, sovg`alar, pullar beriladi. El-yurtga osh berib otarchi-yu darbozlar olib kelinadi. Bola voyaga yetib 12 yoshida mo`chal to`yi qilinadi. hozirda bu marosim ba’zi oilalarda saqlanib qolgan. Unda tengdoshlarni to`plab ziyofat beriladi. Bunda qishloq ulug`i oldiga shirinlik tugun jo`natiladi. Oilada farzand voyaga yetib, o`g`ib, ulg`ayib o`smir bo`lganda ota-ona unga ilm olishga sharoit yaratib, odob-ahloqdan ta’lim berib, tarbiyalab biror xunarli qilib, o`zining bola oldidagi ikkinchi harzidan qutulgach keyingi uchinchi harzini uzish uchun tayyorgarlik ko`ra boshlaydi.

Bu uylantirish yoki turmushga berishdir. Odatda avval yigit oilasi qiz tomonni surishtiradi.

Sovchilikka kamida ikki kishi ayol va erkak borishadi. Sovchi yoshi ulug`roq bo`ladi. U kishi o`sha qizning qo`lini so`raydi. Sovchilar qo`lida 8-ta patir va belbog` bo`ladi. Ular ikki-uch marta qatnashadilar. Agar ikki tomon rozi bo`lsa, sovchilar tomonidan olib kelingan belbog`ni yechib ichidagi nonni olib qoladilar. Oq ro`mol beriladi yoki o`sha «Non sindiriladi» ya’ni unashtirish deyiladi, fotiha o`qiladi.

Ular alohida «kelib uchrashuvni» va «ko`rpa qovish» kunini belgilashadi. Bunda kuyov tomon qiz tomonga bir toy paxta va osh masallig`i beradilar. Qiz tomondan ikki kishi kuyovning ammasi bozorga borib, «Bozor» qilishadi. Bunda palto, plash, jemfer va tufli kabi boshqa narsalarni olishadi.

Axborotchi: Ubaydillaeva Mo’tabar 62 yosh.

T O` Y    M A R O S I M L A R I

Bu marosim ikkala tomonning maslahati bilan bir kunga to`y kuni belgilanadi. Bunda kuyov tomonidan bir savat patir, non, bir savat shirinlik, bir savat qiz sarpolari, osh masallig`i jo`natiladi, ziyofatdan so`ng kuyov jo`nashida kuyov sarpolari berib yuboriladi. «Yuk jo`natish» to`ydan oldin amalga oshiriladi. Unda unda tortib, meva-cheva, ko`rpa-to`shak xammasi jo`natiladi. To`y kuni kelinchak uyini kelinni dugonalari  va kelin tomon bezaydi-yu, to`y boshlanadi. Bunda kuyov jo`ralari «Baxt uyidan» yoki «Maxalla qishloq fuqarolar yig`ini» dan yoki to`yning o`zida nikohdan o`tishadi. Soat to`rtda qishloq imomi ularning sharoit qonunlari bo`yicha nikohlaydi va ular shar’an er-xotin bo`lishadi. To`yxona qarindoshlarga osh tarqatadi. «qovurga sindirish» marosimi keladi. Shunda kelin uyida ayollarga sho`rva olib kelinadi, ikki ayol g`olib «kelin ko`chi» olib kelinadi. Kelin-kuyov nikohdan o`tib kelgach kuyov o`z uyiga borib turadi. Keyin kuyovni jo`ralari kuyovni to`nga o`rab berkitib, baqirishib kelinnikiga kirishadi. Kelinnikida xofizlar ham bo`ladi, kuyov jo`ralari davra qurib o`yin qilshadi. Shundan so`ng bezatilgan uyga kirib o`tiriladi. Kuyov jo`ralari uyda » kuyov osh yemayapti» deb baqirishadi. Kelin tomondan kelib biron narsa hadya qilinadi. Shundan so`ng kuyov osh yeydi. Oldin mastava, keyin osh, «to`sh go`shti» piishrib dasturxonga qo`yiladi. Orada kelin ro`molchalari kuyov va uning jo`ralariga tarqatiladi, fotiha o`qib chiqib ketiladi, borib bazmxona bezatiladi. Shundan keyin kelinchaknikiga quda tomonidan ayollar va kelinchakni dugonalarini olib ketgani kelishadi. Kelinchak oq kiyinib oyog`iga maxsi kiyib qo`shni xovlidan otasini oldiga oq fotixa olgani kiradi. Keyin bir dugonasi bilan birga mashinaga o`tirib kuyovnikiga keladi. Kuyovni oshnasi oq qand, bir patnis non, qatiq, shirin choy olib chiqadi. Kelin ulardan ozgina ichadi. To`yxonaga kirishadi. Avval kelin o`tda aylantiriladi, dugonalari va ayollar «yor-yor» aytib o`tni uch marta aylanadi. Bu balo-qazolarni o`tda kuyib ketadi degan ishonchni bildiradi.

T O` Y L A R D A G I    YO R — YO R

Xay-xay o`lan jon o`lan

O`lanchi qiz yor-yor

Va’dasida turmagan

Yolg`onchi qiz yor-yor

Xay-xay o`lan jon o`lan

To`ydir bugun yor-yor

Do`sti-dushman bu to`yga

Kelar bugun yor-yor

Yig`lama qiz yig`lama

To`y seniki yor-yor

Ostonasi tillodan

Uy seniki yor-yor

Ko`rpachasi shoxidan

To`r seniki yor-yor

Mo`yloblari qilichdek

Yor seniki yor-yor

qat-qatgina qatlamalar qatlanadi yor-yor

qizni olib yangalari otlanadi yor-yor

qizni olib yangalari tura tursin yor-yor

Oq sut bergan onalari rozi bo`lsin yor-yor

Shundan so`ng «qizil to`y» boshlanadi. Kelin-kuyov o`rtaga chiqadi va «Kelin salom» aytiladi, keyin «xay-xay o`lan» aytiladi, kelin-kuyov davra to`riga chiqadi. O`rtada ko`proq kelin-kuyov tomon o`ynaydi.

Kechqurungi  16:00 dan 21:00 gacha bo`ladi. Shundan so`ng uyga kirishadi. Kelinchakka poyondoz solinadi. Uy to`riga «Chimildiq» tutiladi. Buni ikki uchini ikki tarafdan bittadan ayol, bir nikoxli ayollar bog`laydi. Uni uchiga mevali daraxt shoxidan qo`shib bog`laydi. Chimildiqqa kirgandan so`ng yangalar tomonidan kelin-kuyovga oyna tutiladi, bu xayotlari shu oynadek tiniq bo`lsin deb qilinadi.

Kelin-kuyov chimildiqqa kirishidan avval «oyoq bosdi» o`tkaziladi. Kimning oyog`ini bosib olsa, yo kelin yoki kuyov oilada xukmron bo`ladi. Undan so`ng kuyov bolaga belbog`lar mahkam qilib bog`lanadi va kelinchak shu belbog`larni yechishi kerak. Bu marosim «Belbog` ochdi», «Kuyov otdi» deyiladi. Chimildiqqa bir hariya kampir sovchilik qiladi. «Joy yig`di» marosimi o`tkaziladi. Shundan so`ng «Kichik chollar» uyda kuyov o`z yaqinlari bilan kelin dugonalari olib kelgan tuxum pishiriqlaridan tortishadi. «Katta chollar» yetti kun bo`ladi. «Kuyov turdi» marosimi o`tkaziladi. «Sep yig`di» marosimi o`n kundan so`ng o`tkaziladi. Kelin tomonidan ayollar kelishib, kuyov tomon ularni mehmon qilishadi va oxirida duo qilinadi. Kelin sepini yoshi katta ayollar tomonidan yig`ib olinadi. Nikoh to`yi asosan bizning qishloqda dehqonchilik yig`ib olingandan so`ng o`tkaziladi. To`yda zamonaviy qo`shiqlar ijro etiladi.

To`ylar oktyabr, dekabr, yozning o`rtalarida va bahor oylarida ko`proq o`tkaziladi.

To`y kuning ertasiga «Ro`kishon» marosimi o`tkaziladi. Bu kuni kelinchakning onasi, buvilari, amma-xolalari va barcha qarindosh-urug`lari taklif qilinib, shu bilan birga «Ota chaqirdi» ham o`tkaziladi. Qizning otasi, buva, tog`a, amaki va qavm qarindoshlari tashrif buyuradilar. Ikki uyga dasturxon tuzalib sho`rva, kartoshka, qovurdoq go`sht bilan yoki dumba-jigar qilib, so`ng osh tortiladi.

Ziyofatdan so`ng xonadonning xovlisiga gilam to`shaladi va qudalar bir-birlariga sarpo tashlaydilar.

So`ng avvaldan o`tgan qarindoshlar tilga olinib, barchasiga Qur’on-tilovat qilinadi. So`ngra «Kelin salom» boshlanadi. Darvoqe, kelinning onalari tarafdagilar eshikdan kirishlariga xofizlar chiroyli qo`shiq aytib kutib olib, ular davraga taklif qilinadilar. Barcha quda tomondagilarga sargardon sifatida chiroyli ro`mollar beriladi. Qizning onasi qudaga esa kuylak, ro`mol beradi. Bizning qishloqimizda avvallari bo`lib, keyinchalik yo`q bo`lib ketgan yana bir rusm, qiz boqqaniga deb aloxida toza kuylak, jemfer, nimcha berish an’anasi qaytgan. Bu ham yaxshi albatta. Endi kelinchakning yangalari zardo`zlik sarpolari, atlas kuylak va lozim, chiroyli zar chopon, do`ppi, oyog`igacha qo`l mehnati bilan tayyorlangan milliy kiyim katta to`r yopinchiq yopingan kelinchakni xovliga olib chiqadilar. Kelinchakni olib chiqishdan avval yuz ochdisi o`tkaziladi, bir kichkina 3-4 yoshli o`g`il bola qo`lida cho`p bilan kirib, kelin yuzidagi oq ro`molni olib qochadi, olib ketdi, olib ketdi deb xotinlar xazil qilib quvlab qo`yish ham eskilardan qolgan bir an’ana ekan. Kelinchakni kelin salomga olib chiqiladi. Xovliga chiqib barchaga 3 marta egilib salom bergach, xofiz yoki qishloqning yallachisi  tomonidan chiroyli salom boshlanadi.

Tog`u-toshni kul qilgan

Ikki yoshni bir qilgan

Salom-salom kelin salom

Avval xudoga salom

Salom-salom kelin salom

Qodir xudoga salom

Makka tillo yo`lida

Joynamozi qo`lida

Salom-salom kelin salom

Otaxonlarga salom

Salom-salom kelin salom

Onaxonlarga salom

O`xo`-o`xo` yo`talgan

Obdastani ko`targan

Salom-salom kelin salom

Qaynotasiga salom

Salom-salom kelin salom

Qaynotasiga salom

Mehmon kelsa xush degan

Mehmonxona bo`sh degan

Salom-salom kelin salom

Qaynakalariga salom

O`g`il tug`ib kerilgan

Egma qoshi kerilgan

Salom-salom kelin salom

Qaynonasiga salom

Qosh-ko`zlari pilikdek

Oshga tushgan ilikdek

Salom-salom kelin salom

Qaynsingillariga salom

Tokchaga tergan sovundek

Ichi tushgan qovundek

Salom-salom kelin salom

Ovsinlariga salom

Past devordan haragan

To`y qachon deb so`ragan

Salom-salom kelin salom

Qo`shnilariga salom

Jiyan hamin yeydigan

Mehr ko`zda deydigan

Eshitib oling ammalari

Sizga salom yor-yor

Salom-salom kelin salom

Xolalariga salom

Eshitib qoling yiqilganlar

Barchangizga ko`p salom

«Kelin salom» tugagandan so`ng ikki yanga bilan turli-tuman sovg`alarni ta’zim bilan qabul qilib ham boradi. Bular: qaynotadan katta gilam, qaynag`alaridan ham gilam, qaynona, qaynsingillar idish-tovoqlar, qo`shnilarni erkaklari polos, amma-xolalari idish, ro`mollar tuxfa qiladilar.

Kelinchak yana bir bor salom va minnatdorchiligini 3 marta egilib, bildiradi va orqasi bilan yangalarikki tomonidan yordam bergani holda uyga kirib ketadi. Orqasi bilan yurgani bu oldi to`la farzand to`y va barchasiga xurmat belgisidir. Ertasiga o`chog` boshiga chaqiriladi. Bunda yumshoq xalimday muloyim bo`lsin deb dumba yog`i to`rg`aladi, sut ichiriladi. Oshxona un, yog`, surpalarga qo`lini soldirib, kelinchakni oshxona bilan tanishtiriladi. Yangalar tayyorlab qo`ygan shovlani kelinchakni uyga olib kirib chaqirilgan mehmonlar va qo`ni-qo`shnilar oldida qaynonasi bilan  quchoqlashib so`rashadi va bir tovoqda qaynonasi bilan shovla ovqatini yeyishadi. Avval bitta ovqat cho`michida ikkalalari osh eyishadi. Keyin bir-birlariga muloyim bo`lishsin degan mazmunda shovla yeyishadi. So`ng kelinchaknikiga kuyov chaqirdiga kuyovning barcha qarindoshlari xamrohligida kuyov jo`ralari alohida, kelin-qaynona ayollar bilan alohida uyda kutiladi.

Axborotchi: Nurmatova Gulnozaxon 60 yosh.

I R I M — S I R I M L A R

Xar-bir xalqda irimlar mavjud, shuningdek bizning xalqda ham irimlartalaygina. Irimga ishonadiganlar va ishonmaydiganlar ham bor.

Ota-bobolarimizdan qolgan irimlardan namunalar:

1.      Supurgini tikka qo`yib bo`lmaydi.

2.      Supurgini qo`ldan-qo`lga berib bo`lmaydi.

3.      Supurgi bilan odamni urib bo`lmaydi.

4.      Supurgini uchini birovga, birovning oyog`iga tekkizib bo`lmaydi(bu falokat (palakat) chaqiradi deyishadi).

5.      Xaftaning shanba va seshanba kunlari kir yuvib bo`lmaydi(uydan boylik ketadi deyishadi).

6.      Bir kunda uchta ishni bajarib bo`lmaydi, ya’ni:

—        kir yuvib bo`lmaydi

—        non yopib bo`lmaydi

—        bosh yuvib bo`lmaydi.

O`lim olib keladigan irimlar:

Axlat bilan kulni aralashtirib bo`lmaydi (to`y bilan aza aralashib ketadi deyishadi).

Bir kunda uch xil taomni tanovul qilib bo`lmaydi:

Tuxumni;

Sutni;

Baliqni (odam oqarib qoladi).

         Qishloq aholisining uy-ro`zg`or ishlarida hozir ham kuz, qumg`on, sholcha ishlatiladi. har bir xonadonda albatta qumg`on, sholcha topiladi.

O`zbek xalqi oldindan bir-birlari bilan ko`rishib turishish uchun yig`ilishar edilar, keyinchalik hamma «gap» o`tkazadigan bo`lib qolishdi. Gapni                              1. Sinfdoshlar;

2. Qarindoshlar;

3. Ovsinlar o`ynaydigan bo`ldilar.

Qarindoshlarni gap o`tkazishdan maqsadi o`sib kelayotgan avlodlarni bir-birlari bilan tanishtirib, o`rtadagi aloqani mustahkamlash, bir-birlarini ko`rganda begonaday bo`lmasliklariga, oqibatli bo`lishiga, yo`qlab turishga o`rgatishdi.

Ovsinlarni gap o`tkazishdan maqsadi bir-birlari bilan yaxshiroq bo`lishi uchun, farzandlarini to`ylariga qanday qilib tayyorgarlik ko`rishayotgani, ularni tarbiyasini yaxshilash, yomonga qo`shilmasliklari, oqibatli bo`lishlari uchun o`ynaydilar.

Sinfdoshlar gap o`tkazganda bir-birlarini unutmaslik, o`qigan vaqtlarini eslab yurishlik, rivoyat va hikoyalar o`rganib o`yin kulgi bilan yurakdan gaplashib o`tiradilar.

Qishloq oilalarini tarkibi oilasi katta, chunki qishloqdagi oilalar serfarzandli, ya’ni (bolalar 5-10 gacha yetadi) undan tashqari acha, buvalar ham axil-inoq bo`lib yashab kelmoqdalar.

Kinna (56 yoshli kinno qiluvchi Muxakinna yo`yuvchilar, kinnoni Bismillaxir Raxmonir Raxim, meni qo`lim emas ustoz momolarni, emi-demilarni qo`li deb omin qilib, kinno qilishni boshlaydilar).

Kimdan kirgan bo`lsang chiq, chiqmasang senga la’nat, chiharmasam menga la’nat, 32 tomirida bo`lsang chiq, 72 bo`g`imida bo`lsang chiq, chiqmaganigga qo`ymaymay. Dard beribsan, ey xudo, dardingga bergin shifo.

Ko`rguvchi ko`zlaridan, gapirguvchi tillaridan, mushkullarini oson qil deb, kul va tuz bilan kinnalaydi, kinnalangan odam kinna kirganga parz beradi.

Axborotchi: Abduraxmanova xafizaxon  68 yosh.

NIKOH TO`YI BILAN BOG`LIQ AN`ANA VA MAROSIMLAR

Har  bir  ota- ona farzand ko’rgach, uning yaxshi kuni- to’yiga atab yig’inib boradi, balog’atga yetgach, el- yurtga to’y berib o’g’lini uylantirishini, qizini turmushga chiqarishni muqaddas burch deb bilishadi. Xalq nazarida, pandnomasida va diniy ta’limotda birgina ulug’ va tabarruk to’y bor. Bu muqaddas nikoh to’yidir. Nikoh to’yi shuning uchun qutlug’ki, u oila orqali insoniyat jamiyatini davom ettirishga, Allohning mo’min bandalari va Muhammad payg’ambarning sodiq ummatlari ko’payishiga xizmat qiladi.

   Nikoh to’yining boshqa to’ylardan farqli tomoni shundaki, uni bir oila o’tkaza olmaydi. Boshqa hamma to’ylarda oila boshlig’i nimani to’plab, elga qanday to’y bersa, nikoh to’yida ikki- kuyov va kelin tomonlar o’zoro kelishishga, fikrlashga majbur. Nikoh to’yi juda muxim, muqaddas va hayotiy, ayni chog’da nihoyatda nozik, savobli va hayrli bo’lganidan hamma davrlarda unga ehtiyotkorona yondashib, bayramona, chiroyli qilib o’tkazishga harakat qilingan. Ota bobolarimiz har qanday kishi hayotda bir marotaba bo’ladigan nikoh to’yini nafaqat kelin- kuyov yohud ularning oila a’zolari hotirasida, balki qarindosh urug’lari, yor do’stlari, qolaversa mahalla ko’y, qishloq ovuldoshlari, uzoq- yaqindan kelib qatnashgan mehmonlar qalbida ham o’chmas iz qoldiradigan umrbod saqlanib qoladigan tarzda o’tkazishga harakat qilganlar. Yoshlar boshini qovushtiradigan nikoh to’ylari uzoq yillar davomida shakllangan bo’lib, o’zga halqning o’nlab udumlari, urf- odatlari, rasm rusmlarini birlashtiradi. Nikoh to’yining o’ziga hos “odobnomasi” ,” odatnomasi” bor.uning tarkibidagi urf odatlarning har qaysisida yangi oilaga ezgu maqsad, kelin kuyovga istak, tilak yashirin bo’lgan. Nikoh to’ylari bilan bog’liq rasm rusmlar quyidagilardir.

  • uzoq vaqt astra sekinlik bilan to’y taraddudiga kirishish
  • bo’lg’usi kelin kuyovning yetti pushtini surishtirish

Masalan, Amir Temur bu ishda tutgan yo’li haqida shunday deydi:

“O’g’illarim, nabiralarim, yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor beraman.Bu ishni davlat yumishlari bilan teng ko’rdim. Kelin bo’lmishning nasl- nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Hos odamlar orqali sog’liq salomatligini, jismonan kamolatligini aniqladim. Kelin bo’lmish nasli nasabi, odob ahloq, sog’lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan holi bo’lsagina elu- yurtga katta to’y tomosha berib, kelin tushirdim”.

  • muomalada didli farosatli sovchi tanlash va sovchi qo’yish;
  • non ushatar;
  • bet ochar;
  • qalliq o’ynar;
  • chorlar;
  • fotiha to’yi;
  • sut haqi;
  • oqlar;
  • oqliqlar;
  • yoloq qizartar;
  • qirq kun chillada o’tirish;
  • uy ko’rar;
  • o’choq, surpa, o’qlov bilan tanishtirish;
  • sarpo bichar;
  • non, paxta,un,tuz bilan bog’liq udumlar;
  • kuyov sinar;
  • quda- anda tortishuv bilan bellashuv;
  • olovdan aylanish;
  • oyna ko’rsatish;
  • qo’yinga tuhum solish;
  • it irillatar;
  • kelin salom;
  • kampir o’ldi;
  • kelin choyi;
  • un elash;
  • yog’ga qo’l botirar;
  • kuyov qo’liga bola tutqazish.

kabi nikoh bilan bog’liq udum, urf- odatlar, rasm- rusmlar borki, ulardan hech qaysisi 70 yil qatag’on qilingan kabi diniy reaksion mohiyatga ega emas, aksincha, barchasi insonni e’zozlash, qadrlash, ularga bo’lgan mehru muhabbat va ezgu niyatlarni ifodalaydi.

        Vatan ostonadan, hovli bo’sag’adan, oila sovchilikdan boshlanadi.

Sovchi ikki xonadonga qarindoshlik iplarini bog’lashga da’vat etilgan kishidir. Sovchi kamidas ikkita, yo’qsa uch to’tr kishidan iborat bo’lib, ikki jinsdagi erkak va ayol sovchilar ham bor, har bir to’p alohida,mustaql harakat qiladi.

Sovchilar yigitning oilasi tomonidan qiznikiga, bo’lajak kelinnikiga elchilik qilib, uning qo’lini so’rab borishadi.

Umr savdosining pishish- pishmasligi, avvalo kuyov bo’lmishning o’zi, ota- onasi, qarindosh- urug’i, qolaversa, sovchilarning mahorati-yu tajribasiga, quda bo’lmishlar ko’ngil qulfiga kalit sola olishga ko’p jihardan bog’liq.ayni paytda o’z vazifalarini butun ma’sulyatini bo’yniga olgan bunday kishilar, har ikki oilani va ularning farzandlarini yaxshi bilganlar.

Sovchilar, “Qizi borning nozi bor” degan naqlga amal qilib, vaqt o’tkazib, kelin bo’lmishnikiga uch- to’rt marta boradilar.odatda sovchilikdan qaytgan mutasaddilarni “Bo’rimi yoki tulkimi” deb qarshi olinadi. Agar ular ishni o’rinlatib, xushhabar bilan qaytishgan bo’lsa, “tulki” deyishadi.

Ayol sovchilar ham qizning “ostonasini cho’ktiradilar”. Yigit bilan qiznikiga bo’zchining mokisiday qatnayverib, kovushlarini to’zitadilar. Ayol va erkak sovchilarning maqsadlari ro’yobga chiqqach, o’sha zahotiyoq non sindiriladi.Ya’ni,”non sindirish”fotiha bilan sovchilik taomili o’z vazifasini o’tab bo’ladi.

Hozirgi davrda sovchilarning ishi ancha yengillashgan. Avvalo yoshlarning o’zlari tanishib, ota- onalarini ko’ndirib, ishni pishitib qo’yadilar. Ikkinchidan, sovchilarning tanishuv, sinov, o’rganuv vazifalarini ota- onalar, amma- hola, opa- yangalar o’z zimmalariga olganlar.ular kelinning, kelin yaqinlari esa kuyovning aslini, avlodu zurriyodini, tag- tugini surishtirib, o’rganib chiqadilar.buning uchun mahalla, qo’ni- qo’shni ahlini fikri- maslahati yoki o’qish, ish joyidagi bu yoshga berilgan baho katta ahamiyat kasb etadi.bulardan tashqari yoshlar uchun “uchrashuvlar” ham katta o’ringa ega.

Sovchilik odati to’g’risida yana ko’p gaplar aytish mumkin. Ayniqsa, qadimgi sovchilar, xuddi davlat ahamiyatiga ega bo’lgan vazifani bajargan elchiday, maxsus sovchilik maktabini o’tib, shunga mos iboralar, maqollar, so’z o’yinlari, hozirjavoblik, sir va sukut saqlash, olimona mantiq egasi bo’lib, oila madaniyatining yetuk arboblari darajasiga ko’tarilganlar.

Sharq mamlakatlarida xalqlar yashab, oila qurib, farzandlar tarbiyalab, yangi avlodlarni qovushtirib, nikoh to’ylari o’tkazish bilan birga, qadimiy sovchilik odati ham saqlanib qolishi kerak. Chunki, yangi oila sovchilikdan boshlandi.

NON USHATAR – qiz tomonning rozilik belgisi olingach, bir juft non sindiriladi. Bu ishni bir nikohli odam bajaradi va davradagilarga (kelin va kuyovga ham)  bir burdadan taqsimlanadi.Nonni o’rtaga qo’yib, nonday qadrlansin, e’zozli bo’lsin, nasibasi butun bo’lib, qo’sha- qarisin, deb niyat qilinadi.Xuddi shu o’rinda to’y taraddudining oldi- berdisi boshlanadi.Shungacha taraflar bir- birlarining shajarasini, yashash tarzini, kasbi- korini, el orasidagi mavqeini o’rganib chiqishgani uchun non sindirardan so’ng subutsizlik qilib so’zidan qaytmaydilar. Kimki so’zidan qaytsa, Xudodan qaytgan sifatida el nazaridan chetda qoladi. Qay tomon labzidan qaytganiga qarab qiz berishmaydi yoki kuyov qilishmaydi.

KO’GAN BOYLAR- kelinga ko’gan berib, qoziqqa bog’lattiradi. Bu degani moling o’p bo’lsin, ko’changga sig’masin, deb niyat qilinadi.

KUYOV SINAR- bu har joyda har xil. Bir joyda kuyovni chatir to’nka yordirib, o’zga yerda yuk ko’tartirib yoki boshqa joyda o’choq qazitib sinashadi. Ammo qay yo’sinda bo’lmasin, sinash orqali kuyovning aqli butunligi, fahm- farosati, jismoniy baquvvatligi, ro’zg’or ishiga uquvi tekshirib ko’riladi. Zero, kelinni otdan ko’tarib tushirish, uyga ko’tarib kiritish odatlari topqirlikni, baquvvatlikni talab qilganki, shu sababnli ota- ona o’g’lini kuyov bo’lguncha shu ishlarga o’rgatgan. Bordiyu kuyov sinov shartlarini bajarolmasa xotin- xalaj tengqurlariyu bolalar, to’y ishtirokchilari oldida qanchalik uyatga qolishi ma’lum. Oriyatli yigitlar esa sharmandayu sharmisor bo’lib qolmaslik uchun sinovlarga puxta hozirlik ko’rishgan.

Nikoh to’ylarga barcha udumlar tartib, odob bilan bajarilgan. Kelin yoki kuyovning ahloqiy hislatlari, hayosi, ibosi, muomalasi, izzat- ikromni bilishi alohida diqqat e’tiborda bo’lgan. Kelin kamida bir yil ibo saqlab, qaynota- qaynonaga, kuyovning yaqinlariga yuzini ko’rsatmay yurgan bo’lsa, kuyov ham kuyov chorlargacha qaynota- qaynonalarga yuzma- yuz bo’lmagan. Nadomadlarkim bizning davrimizga kelib odob- ahloqning bu nozik, iboli pardalari yirtilgan emas, yoshlar yuzidan bir yo’la sidirib olib tashlandi.Biz qadriyatlarimizni, an’analarimizni batamom oyoq osti qilib, ezgu odatlarning barchasini zarali, eskilik holda va sifatida rad etib, o’rislar yoki o’zga ovropaliklar kabi ko’cha ko’yda tanishib, ahd paymol qilib ketaverishni bo’lg’usi qaynona yohud qaynotaga yuzini rapidaday qilib ketaverishni, bo’lg’usi uyalmay netmay o’g’lingga tegaman yoki qizingga uylanaman, deb aytishni targ’ib tashviq etdik. Xatto to’ylar haqidagi qo’llanmalarda va milliy an’analarga yot, ahloqimizga zid shunday fikrlarni targ’ib qilib keldik. Yoshlarga seni tarbiya, kamsamol, davlat himoya qiladi, ota- onang, qarindoshlarid fikri bilan hisoblashma, ular to’yingga rozilik bermasa kamsamol to’ylari qilamiz, deb badiiy asarlargacha yaratdik. Oqibatta, hali hayot murakkabligini bilmagan, anglab yetmagan yoshlar mafkuramizning noto’g’ri daldasi bilan ota- ona, oiladan ayrilib yohud ular gapiga quloq tutmay, kamsomol to’ylariga o’tib ketdik. Kamsomol to’ylari bizning hayotimizda tobora keng yoyilmoqda. Bunday to’ylarga kelin bilan kuyov ishlayotgan korhona va muassasalarning jamoalari faol qatnashmoqda. Shuning uchun ham bunday to’ylar alohida tantanavor tus olmoqda, to’t marosimlariga alohida fayz bag’ishlamoqda …

Eskirib qolgan zararli urf odatlarning, diniy rasm rusmlarni surib chaqarmoqda, nikoh to’yi marosimi quvonchli, chiroyli sira unitilmaydigan voqeaga aylantirmoqda.

Ushbu kichik bir tashviqotga e’tibor beraylik. Kuyov va kelinning ota- onalari navbati bilan kuyov va kelinni qoshiga kelib ularni o’padilar. Kuyov va kelin hozir bo’lganlarning guldiros qarsaklari ostida raqsga taklif qilinadi… Ahir qaysi ota o’z qizini turmushga chiqarganda kuyovnikiga qo’shilib boradi? Tomirida o’zbekning qoni oqqan har bir ota bundan iymanadi. Ehtimol mualliflar uyalmas, lekin qizini erga bergan otaning to’yga borishi, ya’na ko’pning ichida kuyovini o’pishi gunohi- azim hiasoblangan. Sharqda, aynan bizda.

Yoki uyat- andishani unitib, endi chimildiqqa kirayotgan kelin kuyovga iboni o’rgatish o’rniga davrada ochiq yuz bilan raqs tushirish qaysi turkona odob qoidasiga mos keladi? Ammo shuni angladikki, natijada birgina o’q tomir qolibdi. Endi shuni asrash kerak.

NIKOH TO’YINI “Kamsomol to’yi”, “Qizil to’y”, “ Yangi to’y”, “Sovet to’yi” kabi nomlarda atab bizga yot an’analarni majburiy singdirish bu tantanali shiodiyona mazmunini deyarli o’zgartirib yuborgan. Oqibatda bu marisimlarimizga qadimdan esh bo’lib, davom etib kelayotgan qadriyatlar unitila boshladi. Yor- yor aytishlar, kelin salomlar, tortishuv- bellashuvlar, kelin- kuyovlar, ota- ona bilan bog’liq bag’oyat ibratli an’analr, bazm oqshomlarini bezab turgan to’y ashulalari, o’yinlari, aytishuvlar, laparlar siqib chiqarildi. Kuyovni sinash, qo’liga bola tutqazish, kuyov qochdi, uy bezash, sarpo yoyish, chimildiq, kelin bilan bog’liq tortishuv, sochqi, non, tuz, un sepish, oqliqlar bilan yo’l to’sish, shop olish, quda- andalar bellashuv- tortishuvlari va yana qanchadan- qancha mazmunli, ma’noli udumlar atayin yo’qotiladi. To’y o’yin folklori: erkaklar raqslari, bolalar o’yinlari (kurash, quloq cho’zish, lanka, chopish, sovunlangan xodaga chiqish, poyga, ot o’yin, bellashuv va boshqalar), qizlar musobaqasi, ot, eshak, piyoda musobaqalar kabi qadimdan suyak surib kelgan xalqona udumlarning har birida olam- olam ma’no bor edi.

Mustaqillik sharofati tufayli ajoyib milliy an’analar, urf odatlar va marosimlarni tiklash, boyitish va hayotga keng joriy etisjning barcha imkoniyatlari yaratildi.

Bugungi kun jabhalarida bo’lgani kabi ijtimoiy- siyosiy hayotimizda ham tub o’zgarishlar ro’y bermoqda. Xalqimizning umrboqiy an’ana va udumlari zamon ruhiga moslashgan holda sayqal topishimarosimlarimiz mazmuni boyitmoqda.

Qadriyatlarimizning o’zimizga qaytishi tufayli qadimiy udumlarimiz o’zgacha shukuh va jilva bilan jonlanmoqda. Ayniqsa, to’ylarimiz millat ma’naviy hayotning ko’zgusidir. Shuning uchun udumlarimizni to’laligicha saqlab qolishimiz, o’zbek to’ylarining o’ziga hos jilosi va jamolini yoshlar qalb shuriga singdirishimiz zarur, chunki yoshlar porloq kelajagimizning poydevori va jamiyatimizda salohiyatli o’rin egallaydi. Muhtaram Prezidentimizning ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlaraholining axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalashning asosiy udtuvor vazifalari to’g’risida ko’rsatmalari hamda bugungi yoshlarimiz to’g’risida doimiy ravishda qilayotgan g’amho’rliklari biz, murabbiylar uchun ham fidoiyliki va millatparvarlikning yorqin namunasidir.

O’g’il- qizlarimizning kelajakda buyuk Vatanimizning barkamol farzandlari bo’lib yetishishlari ko’p jihatdan o’zimizga bog’liq. Zero, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan betakror ma’naviy merosni yosh avlod ongiga singdirish asosiy vazifamizdir. Go’zal fazilatlarga ega bo’lgan, asrlar osha saqlanib kelayotgan marosimlardan biri nikoh to’ylaridir. To’ylarimizning meyorida hech qanday sarziyodaliksiz va ortiqcha dabdabalarsiz shodu hurramlik ruhida o’tkazishni yoshlar qalbiga jo etish ham biz kattalarning burchidir. Chunki to’y o’tkazish bir kishining shahsiy ishi bo’lmay keng jamoatchilikning tashabbusi va tantanasidir. Uni ijtimoiy- madaniy, zamon talabi darajasiga ko’tarish hozirgi kunning muhim masalalaridan biridir.

Prezidentimiz I.A. Karimovning 1998- yil 28- oktyabrdagi “To’y hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlar hotiralariga bag’ishlangan tadbirlarning o’tkazilishini tartibga solish to’g’risida” gi farmoni ham insoniy fazilatlar va iymonni mustahkamlovchi an’analarni asrashga qaratilgan.

Prezidentimizning mazkur farmoni kimlarnidir manfaati, huquqlarini cheklamaydi. Aksincha, ma’naviy darajamizning yo’lga soladigan, me’yor hissini uyg’otadigan, hushyorlikka chorlaydigan hujjatdir. Shu bois bugungi kunda turli xil ko’rinishda o’tkazilayotgan to’ylarning ijobiy tomonlari tub mohiyatini anglashimiz, ma’naviy boyligimizni to’g’ri talqin etib, barkamol yoshlarning me’yor darajasini saqlab qolishga undamog’imiz lozim.

Zero urf- odatlarimiz, qadriyatlarimiz, marosimlarimizning mohiyatini yoshlar ongiga yetkazish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi to’y marosimlarimizning poklik, beg’uborlikni saqlagan holda yoshlar shuuriga singdirish ular ma’naviyatini poklantirishning muhim omillaridan biridir.

To’y marosimlariga daxldor bir qator taqiqlardagi irimni kishilar niyatlarini ifoda etishni bir vositasi sifatida harakterlash mumkin. Bu irimlar shu marosimning ma’lum bir qoidalari asosida shakllangandir. Urf odatga marosimga qonuniyatlarga zid jarayonlar taqiqlarda o’z ifodasini topgan bo’lib deylik, to’y marosimlarida hamma narsaning juft bo’lishi qat’iy talab etiladi. Shu boisdan kelin- kuyovga atalgan dasturhonda narsalar toq qo’yilmasligi kerak. Ular birga yashasuin, ajralmasin, deya doim juft narsa qo’yiladi. To’yda baxt va osudalik, ochiqlik tilash ham marosimning harakterli xusiyatlaridan biridir. Ana shu niyat ham taqiqlardagi irimlardagi o’z ifodasini topgan bo’lib ularning ijobiy hodisa sifatida omil bo’la oladi. Kelin sarpolarini teskari o’rash mumkin emas. Yo’li ochiq bo’lishini istab,doimo bo’yiga qarab tashlash kerak.

To’y kechasi kelinning sarpolarining osib qo’yish uchun dorni beva ayol tortmasligi kerak. Yangi kelin beva bo’lmasin, deya shunday irim qilinadi.                           

BIRINCHI QADAM BAYRAMI

Qadimdan oilada farzand tug`ilishi, uning birinchi so`zini aytib, tilga kirishi, tishi chiqishi, ilk bor soch oldirishi, birinchi bor emaklashi, “g`oz-g`oz” turushi, “atak-chechak” qilib mustaqil qadam tashlashi, xulas bolada inson bo`lib shallanish uchun muhim bo`lgan xatti-xarakatlar, o`zgarishlar paydo bo`lishi oila a`zolriga olam-olam quvonch, baxt daqiqalari xadya qilgan. Bu voqelar orasida farzandning dunyoga kelishi va uning hayotida ilk bor qadam tashlashi – inson hayoti boshalnishidagi eng muhim hodisa hisoblangan.

Shu sababli farzand tug`ilganda, dunyoga yangi bir inson qo`shilishini nishonlaydigan, uning ilk qadam qo`yishida go`daklikdan bolalikga o`tishini tantana qiladigan an`analar O`rta osiyo xalqlari o`rtasida oilaviy bayram sifatida shakllana borgan. Ilk qadamga bag`ishalangan marosimda ota-ona o`z jigarbandining Ona – yer ko`ksida ilk bor mustaqil qadam qo`yishini nishonlash bilan bir qatorda o`z farzandining ilk qadami doimo qutlug` bo`lishi, bola oyoq bosgan yer tinch , farovon bo`lishini orzu qilishgan.

Bolaning birinchi qadan tashlashi marosim sifatida nishonlanishida ramziy ma`no ham bor. U bolaning faqat oddiy qadam tashlashi bo`libgina qolmay  balki hayotda ongli va mustaqil ravishda qilingan, kelajakda ko`plab qilinadigan ongli xarakatlarining xam birinchisidir.

Marosimning muhim sharti shundan iboratki, bola birinchi qadamini xalq o`rtasida, guvohlar oldida tashlashi lozim bo`lgan. Xullas xalqlarning bola tarbiyasiga oid orzu istaklari “birinchi qadam ” marosimida o`z aksini topgan. Bu oilaviy bayramni uyushtirish navbatini vujudga keltirish va an`anani shakllantirishda omma muhim ro`l o`ynagan.

“To`qlik bo`lsin, bola ochlik bilmasin!” deb marosimga atab shirin mazzali nonlar (kulchalar) pishirilgan , marosim paytida nonni avval bolaga tishlatib, so`ngra boshqalarga tarqatilgan.

“Suv tanqisligi bo`lmasin” degan niyatda bolaga suv ichirishgan, “suvdek serob bo`lsin ” deb, marosim paytida bolaning yurgan erlariga suv sepishgan.

“Bolaning xayoti shirin bo`lsin ” deb, marosim qahramonining boshidan shirinliklar sochishgan va ular boshqa bolalarga tarqatilgan.

“Farzand kelishgan, chiroyli bo`lsin ” deb, yura boshlagan bola boshidan yoki u bosib o`tgan yo`llarga (xar yerda xar-xil) gullar sochishgan. Mazkur bayram sinfiy jamiyatda sinfiy xarakterga ega edi. Chunonchi, qadimgi davrlarda boy-amaldorlar o`g`illariga bunday marosim qilishayotganda “Bola boy bo`lsin” deb boshidan pul sochishgan. Ba`zi joylarda “Bola kasalga chalinmasin! ” deb isiriq tutatib, uning bola atrofidan bir necha marta aylantirishgan.

“Birinchi qadam ” kelib chiqishi jihatidan xaqiqiy xalq marosimi bo`lsa xam unda diniy rasm-rusumlar o`z aksini topmay qolmagan.

“Kinna kirmasin” deb duolar o`qishga va xokazo.

 “Birinchi qadam” oilaviy bayram bo`lib, unga ushbu oilaga eng yaqin bo`lgan qarindoshlar, qo`ni qo`shnilar, do`stlar taklif etilgan. Shu bilan birga, u katta  bolalar bayrami bo`lib, unga butun qishloq yoki mahalladagi bolalar ham taklif etilgan. Bayramga kelgan bolalar avvaliga marosimni tomosha qilishgan, tadbir qahramoni birinchi totgan shirin nonlar va shirinliklardan mazza qilib yeyishgan, suv-sharbatlar ichishgan.

Bola birinchi qadam qo`ydan so`ng, u tezroq “topqir, chaqqon bo`lsin! ” deb bolalar o`rtasida poyga (yugurish bo`yicha musobaqa) uyushtirilgan. Yugurishda g`olib chiqqanlarga tantanali ravishda kovush, do`ppi, belbog` kabi mukofotlar berilgan.

Xullas, qadimdan, avloddan-avlodga o`tib kelayotgan, mohiyati jihatdan xalqchil bo`lgan, turli turli  ijobiy g`oyalarga boy bo`lgan han oilaviy, ham bolalar bayrami bo`lmish “Birinchi qadam”dan foydalanish xozirgi kunda muhim ahamiyatga egadir.

O`zbek xalqining “Birinchi qadam” – bolalar bayrami respublikamiz, xususan, tumanimizning ko`pgina joylarida hayotga joriy etish istagi borligini xisobga olib, mazkur bayramning mohiyati, an`analari va zamonaviy variantiga to`htalamiz.

Avvalo bu bayramning qaysi vaqtda o`tkazish lozimligiga to`htalamiz. Har kuni tug`ilish bo`lganidek, ilk qadam qo`yish turli vaqtda bo`lishi mumkin. Shu sababli , “Birinchi qadam” marosimini yil davomida uyushtirsa ham bo’ladi.

        Boshqaruvchi bola tug’ilgandan so’ng uning hayotidagi muhim voqealar (ilk bor emaklash, mustaql o’tirish, “tili chiqishi” va boshqa ota- onalarno quvontiradigan harakatlar) haqida so’zlaydi. Shuningdek, u bola hayotida birinchi marta mustaqil qadam qo’yishi muhim hodisa ekanligi va mazkur voqeaga bag’ishlangan o’zbek halqining qadimiy odati- bayrami mavjudligi haqida gapiradi. Shundan so’ng, ikki yosh yigit chiqib, doira usullari orqali marosimning asosiy qismiga barchani diqqatini jalb qiladi. Davraga munis onaxon chiqadi. U o’zbek xalqining “Birinchi qadam” marosimi, an’analari haqida so’zlaydi.

BESHIK TO`YI

Beshik to`yi qadim zamonlardan xar bir oilada o`tkazilib kelganini xisobga olsak, u xalq xayotining ajralmas va muhim qismiga aylanib qolganligini bilish qiyin emas. Beshik to`yiga to`htalishdan oldin beshikning o`ziga diqqatni jalb qilishga to`g`ri keladi. Chunki “eskilik sarqitlari”ga qarshi kurash avj olgan yilar davomida beshik taqiqlab kelindi. Bu esa beshik to`yiga katta salbiy ta`sir o`tkazdi. Xatto beshik darhiylar, targ`ibotchilar tomonidan “chaqaloqlar turma”siga o`xshatilib, beshikka xam, brshik to`yiga qattiq kurashildi.

       Beshik insoniyat tarihida yaratilgan buyuk kashfiyotlardan biri desak hato bo`lmaydi. Chunki beshik bolaning 2-3 yoshgacha shakllanishida ko`p jihatdan foydalidir. Birinchidan, u kichik, ixcham bo`lib, barcha joylarda (dala,uy, ayvonda) ko`chirilib yurishi mumkin. Bu ona uchun juda qulay bo`lib, turli joylda bolaga qarash bilan birga boshqa yumushlar qilaverishga mikon yaratadi. Ikkinchidan beshikning shakli shunday tuzilganki, u go`dakni tebratish, ovutish, erkalash, allalash, uxlatish uchun qulaydir. Tabiblarning fikricha, bolani tebratish, allalash ham bolaning ruhiyati to`g`ri  shakllanishida o`ta muhim o`rin tutar ekan. Uchinchidan, beshik bolaning tashqi o`zgarishdan xam saqlagan. Beshikka turli yoping`ichlar yopilishi, uning qisman yoki butunlay berkitilishi bolani qishda sovuqdan, yozda esa issiqdan, oftobdan, shamol (yelvizak) dan, shuningdek shovqindan ham holi qilgan. Ayniqsa chaqaloq uxlayotganda tashqaridagi diqqatni tortadigan xodisalardan saqlagan, shuningdek, beshikning yerdan ko`tarilgani bolaga zax o`tmasligin ta`minlagan. To`rtinchidan, ma`lumki, bola beshikka (maxsus oyoq-qo`l tortqilar bilan ) bog`lab qo`yiladi. Bu bir qaraganda, bolaga azob berishga o`xshaydi. Muayyan ma`noda shunday bo`lsa-da, u bolaga ortiqcha harakat qilmay, o`zining qo`l, oyoq harakatlaridan behos cho`chimay, biron narsaga urinmay, yotgan joyidan ag`darilib ketmay, osoyishta va tinch uxlashga imkon beradi.

      Shunday qilib, beshik asrlar davomida dono xalq tomonidan ihtiro etilib, takomillashib borgan, oddiy, qulay va ko`p tomonlama foydali kashfiyot sifatida qo`llanib kelagan. Beshik bor ekan, “beshik to`yi” xam barqaror bo`laverishi tabiiydir.

      Ma`lumki, orziqib kutilgan chaqaloqni dunyoga kelishi bilan qudalar, qarindosh-urug`, qo`ni-qo`shnilar uchun katta xursandchilik boshlanadi. Suyunchi berish, ism qo`yish odat-marosimlari shodlik manbaiga yalanadi.

     Navbatdagi yirik va muhim marosimlardan biri- bolaning beshikka solish marosimi va beshik to`yidir. Bu marosim oilada birinchi farzand dunyoga kelganda katta tantanalar bilan o`tkziladi. Mazkur to`y ayrim joylarda kichik bir oilaviy marosim sifatida o`tkazilsa, boshqa joylarda mahalliy bayramga yalanib ketadi. Shinngdek, ba`zi bir joylarda bu marosim yaxlit bir shakldan tashkil topsa, boshqa yerlarda ikki tadbirdan iborat bo`ladi. Go`dakning qirqi chiqqandan keyin esa oila uchun qulay kunlarning birida alohida (ziyofat va boshqa tantanalardan tashkil topgan ) beshik to`yini uyushtirish odat tusiga kirgan.

      Marosim ota-ona va qudalarning o`zaro kelishilgan kuni, maxsus tayorgarlik ko`rilgan holda o`tkaziladi. Undan kelinning onasi nabirasi uchun yangi chiroyli beshik,xilma-xil kiyim-kechaklar, shuningdek, qizi va kuyovi, qudalari uchun sarpolar tayorlaydi. To`yga aytilgan qarindosh-urug`lar ham chaqaloqqa atab sovg`a keltiradilar. Bu tadbir Buxoroda quyidagi o`ziga xos katta tantanalr bilan o`tkazib kelingan: “Chaqaloqning ona tomonida bobosi va buvisi unga boshdan-oyoq ust-bosh, yangi beshik va unga kerakli ashyolarni xozirlab, to`y boshlangan kuni avval ana shu sovg`alar jo`natiladi. Sovg`a jo`natishda oldinda qo`lida qayroq toshli, yog`och boylab olgan bolalar nog`orachi, karnaychi va surnaychilarning nag`malariga hos holda o`ynab boridilar. Uy egalari ularning yuzlariga unsurtish bilan kutib oladilar. Bu bila chaqaloqning umr yo`li oq, o`zi baxtli va farovon bo`lishga istak bildirishadi.”

Ma`lumki, beshik to`yi asosan ayolllar, bolalar ishtirokida va qayvoni ayol  boshchiligida o`tkaziladi. Sirdaryoda bolani beshikka solish marosimiga  yosh kelinchaklar xam taklif qilinadi. Bu ularga o`ziga xos dars ham bo`ladi.

Asosiy marosim kelinning onasi keltirgan beshikka chaqaloqni yotqizish uchun hozirlik ko`rish bila boshlanadi. To`yga atab keltirilgan sovg`alar namoyish qilinadi. Qayvoni ayol boshchiligida bolani cho`miltirishadi. Ba`zi joylarda shu vaqt tog`oraga kumush tangalar tashlanadi (ma`lumki, kumush suvni zararkunandalardan – mikroblardan xoli qiladi). Bola cho`miltirilib bo`lgach, bu tangalar bolalarga ulashiladi. Chaqaloqqa yangi kiyimlar kiygiziladi, beshik maxsus bezatiladi. So`ng qayvoni ayol bolani boshi barobar yuqori ko`taradi va barchadan: “shunday belaymizmi?-deb birinchi birinchi marta so`raydi. Ayollar yo`q-yo`q” – deb javob beradilar. Chunki bu payt qayvoni ayol bolani avval teskari, keyin yonboshiga yotqizgan bo`ladi.

Qayvoni ayol uchinchi marta, bolani to`g`ri yotqizib so`raganda, ular “xa-xa”-deb javob berishadi. Bu marosim-o`yin ko`proq bolalar ishtirokida o`tsa ham, yosh ona uchun o`ziga dars vazifasini o`tab, bu jarayon onaga bolaning boshi qay tomonga qo`yilishini qat`iy o`zlashtirib olishga ximat qiladi. Albatta, beshikning bosh tomoni qibla tomonga qaratilgan bo`ladi. Bola belangandan keyin qayvoni ayol 4yoki 6 juft qoshiqlarni beshik tagidan o`tkazdirgan xolda bir necha bor aylantiradi. Bu ramziy harakatlarni turlicha izohlash mumkin. Agar qoshiq ovqat bilan bog`liqligi xisobga olsak, unda bolaning atrofida doimo ovqat yeyish vositasi bo`lsin degan ma`noni bildiradi. Shuningdek bir necha juft qoshiqlarning aylantirilishi bu beshik oiladagi kelgusi farzandlar uchun yashash, to`qchilik ramzi bo`lsin, degan niyatdir. So`ng beshikning barcha yopinchig`lari bir daqiqa ustiga yopiladi. Odat bo`yicha endi ona beshikka solingan bolasini emizishi kerak. Biroq undan oldin qayvoni ayol onaga juft patir yoki non tishlatadi. Buning na`nosi bola to`q bo`lishi uchun ona to`q bo`lishi kerak degan fikrni anglatadi. Chunki xalqda non doim to`qchilik ramzi bo`lib kelgan. Ona tishlagan nonni olib qo`yiladi yoki marosim qatnashchilariga ulashiladi. So`ng qayvoni ayol isiriqni tutabit, ona va beshik atrofida aylantiradi. Bu bilan uydagi havo yozalanadi. Qayvoni ayol chaqaloqqa alla aytishni boshlab beradi va onaga xar doim alla aytishini ta`kidlab o`tadi. Shu bilan birga foydali maslaxatlar beriladi.

Marosim yakunida barcha osh tortiladi. Osh yeyilgach, yoshi ulug` ayol tomonidan farzand, ona, oilaga yaxshi niyatlar aytili, fotiha o`qiladi.

Beshik to`yi borasida so`z borganda unga bog`liq bo`lgan qo`shiqlar xaqida xam gapirmaslikning iloji yo`q. Chunki bu marosimning asosiy ramziy xarakatlari jarayonida, chunonchi qudalar beshik to`yiga kelganda, bolani beshikka solayotganda, ona chaqaloqni emizayotganda, beshik atrofida isiriq aylantirilayotganda, go`dak belangandan so`ng aytiladigan maxsus marosim qo`shiqlari bo`lganki, ular beshik to`yining badiiy-ramziy bezagi xisiblangan.          

SUNNAT TO’YI

        Sunnat to’yining tarixi eng qadimiy ibtidoiy jamiyatda balog’at yoshining nishonlash- bolalarning o’smirlikka yoki o’smirlarning erkaklikka o’tish marosimiga borib taqaladi. O’sha davrlardayoq bolani sunnat (xatna) qilish odati vujudga kelib, u bir tomondan, issiq iqlimda gigiyena (ozodagarchilik) ga rioya qilish vositasi bo’lgan, ikkinchidan, mardlik va jasurlik hisoblangan.

Misrdagi xatna qildirish  juda qadim zamonarda paydo bo`lganligidan mo`miyolangan jasad dalolat beradi.Ko`hna bir ibodathona devoridagi rasmdan esa mazkur marosimning qay tarzda amalga oshirilganligini bilib olish mumkin.Xatna qilinayotgan odam tik turibdi.Orqasida esa bir ayol uning bilaklaridan ushlab olgan.Usta o`tirgan ko`yi o`g`il bola olatining chekka kertmagini kesmoqda.Yon tomonda navbatda turgan bola chizilgan u davrda faqat qohin urug`- qabila boshliqlarigina xatna qildirish xuquqiga ega bo`lgan. Sunnat qadimiy Bobilda yashagan somiy xalqlarda keng tarqalgan an`ana bo`lib, ular yahudiylar, arablar, xristianlar o`tgan dega tahminlar ham bor. Xatna paydo bo`lishi xaqida “Injil”da shunday fikrlar bor: “olamning paydo bo`lishi davrida Ibrohim payg`ambarga hudodan vahiy kelgan . Unga ma`naviy poklanish ramzi sifatida xatna qilidirish buyurilgan ekan. 100 yoshli  Ibrohim o`zini, uch yoshli o`g`li Ismoilni, shuningdek qul va hizmatkorlarini xatna qildirgan. Xatna qilish marosimi iudaizm va islom dinlarining xam tarkibiy qismiga aylanadi. Naql qilishlariga qaraganda, bu odat arab mamlakatlarida boshqacha yo`sinda paydo bo`lgan. Arabiston yarim orolida islom hukmronligi uchun bo`lgan janglardan birida lashkarlar 40kun qurshovda qolib ketadi. Jazirama issiq, chang, suv tanqisligi olat kertmaligining torayishi va yallig`lanishiga olib keladi. Ana shunda lashkarboshi farmoniga binoan butun lashakr xtana qilinadi. Ozodlik baxsh etgan xarakat musulmonchilikda marosim tusini oladi.

      Xozirgi kunda esa xatna qilish odati dunyoning besh qit`asidagi 100 millionlab  kishilarning tashkil qiluvchi xalqlar va ellatlar orasida saqlanib kelinmoqda. Xatna O`rta Osiyoda qadimdan mavjud bo`lgan degan taxminlar bo`lsada biroq shu narsa ravshanki, sunnat qilish bu yerda arablar istilosi (VIII asr) dan so`ng keng tarqalgan. Turli xalqlarda xatna qilish turli yoshlarda (8 kunlikdan to o`spirinlik davrida ) o`tkaziladigan bo`lgan. O`rta Osiyoda bola umrining bir pog`onasidan ikkinchisiga, ya`ni o`g`il bolaning go`dak yoshidan bolalik yoki o`smirlik yoshiga o`tishi katta to`ylari orqali nishonlangan. Keyingi davrlarda esa xatna bolaning toq yoshlarida, chunonchi 3,5,7 yoshlarida o`tkaziladigan bo`lgan.

       O`zbeklarda xatna mahalliy odatlar bilan chatishib o`ziga xos xususiyatlar bilan boyib, to`y-bayram darajasiga ko`tarila oldi. Bu odat o`zbek diyorining turli joylarida o`ziga xos nomlar, ya`ni “o`g`il to`yi”, “sunnat”, “qo`l xalollash ” kabilar bilan ataladi. Albatta, u vaqtlar bunday xarakatlar darrov markazdagi raxbarlar tanqidiga ucharb, tashabbuskorlik hayoti va faoliyatini murakkablashtirib qo`yar edi. Xatto o`g`liga sunnat qilganlarga “eskilik sarqitini targ`ib qiluvchi millatchi” degan tamg`a bosilar edi. Shu sababli tahminan 30-yillarda boshlab sunnat ko`proq pinhona o`tkaziladigan bo`ldi.ayrimlar xatnani bekitib yoki o`ta kichik davrada o`tkazsa, boshqalar go`yo o`g`ilining tug`ilgan kunini nishonlayotgandek o`tkazardi. Ana shu davrlarda “niqoblangan” sunnat to`ylari bazmini yangicha stol atrofida o`tkazish odati xam shakllanib bordi. Bundan so`ng xatna qilish va sunnat to`yi ochiqchasiga rasmiy o`tkaziladigan boldi. Xozirgi kunda xatna to`ylari O`zbekistonning turli joylarida o`ziga xos xususiyatlar bilan o`tkazilsa-da, ularning umumiy tomonlarini aniqlasa bo`ladi. Maxsus adabiyotlarda xatna to`ylari uch qismga bo`linadi. Birinchi qism to`yga tayorgarlik ko`rish davri bo`lib, bunda bevosita to`y o`tgunga qadar bo`lgan “maslahat oshi”, “tandir soldi”, “sabzi to`rgash ” kabi tayorgarlik ishlari va marosimlar sodir bo`ladi. Ikkinchi qism to`y kuni o`tkaziladigan barcha tadbirlar – mehmon kutish, ziyofat berish (osh tortish), tomosha, o`yin, musobaqalar uyushtirish marosimini o`tkazish.

To`y kuni o`tkaziladigan bir necha odatlarga diqqatni jalb qilamiz. Ularning biri katta bolalarning “to`y qahramoni”ni biron joyga berkitib, to`y egasi raisdan “sovg`a” olmaguncha “mahfiy o`yin” davom ettirilishi.

       Xatna to`yidagi yana bir odat shundan iboratki, bu kuni bolaning ona tomonidan bo`lmish buvisi turli sarpo-suruqlar bilan bir qatorda maxsus bezatilgan toychaga “to`y qaxramonini mindirib mahalla, qishloq ko`chalar bo`ylab uni sayr to`yhona ishigi oldida katta ommaviy rasqga tushish bilan yakunlanadi ”. Ba`zi joylarda to`y kuni xatna qilinadigan bolani katta yoshdagi bolalar, yigitlar opichib gulhan atrofida musiqa-o`yinlar bilan aylantirishadi. So`ngra unga mazali maxsus sharbat ichirilib, oqsoqollar duosi va fotihasini olib, bola xatnaga kuzatiladi.

     Ilgari davrlarda sunnat to`yining o`zi bir necha kun davom etgan va bu davrlarda katta tomoshalar (masxarabozlar,dorbozlar,polvonlar,qo`g`irchoqbozlar san`atlari) namoyish qilingan, yirik musobaqa uloq, kurash, poygalar o`tkazilgan, shuningdek xatna to`ylarini o`zida hos o`yinlari “Kim chaqqon?”, “Kim zo`r?”, “Mast bola” kabilar barcha bolalar tomonidan sevib o`ynalgan.

       Xozirgi zamonaviy hatna to`ylarini asosiy shakli katta yoshlilar qatnashadigan davra-bazm bo`lib qolmoqda. Ma`lumki, bu tadbir deyarli barcha joylarda bir hil o`tib, to`yga tashrif buyurganlar turli taomlar, hozu-ne`matlar, ichimliklar istemol qilishadi. Notiqlar so`zlarini tinglashadi, san`atkorlar ijodidan bahramand bo`lishadi. Biroq hozirgi to`ylarda bolakaylar ishtirok etadigan tadbir, tomosha-o`yinlari e`tibordan chetda qolmoqda.

        Xatna to`yining uchinchi yakuniy qismi – bu to`ydan keyingi tadbirlar bo`lib, ular orasida to`yda xizmat qilganlarni taqdirlash, ularga alohida ziyofat berish, sovg`alar in`om etish , shuningdek, “to`y qahramoni”ning xolidan xabar olishlar kiradi. Bolaning sog`ayib, yugurib ketishi- bu to`y tashvishlariga xotima yasaydi. `                                      

MUCHAL YOSHI

Muchal yoshi —  o`n ikki yillik muchal tugab, u yana takrorlana boshlanishi davrida (ya`ni 12-13, 24-25, 36-37 kabi yoshlar orasida) qadimdan Navro`z bayrami kunlari nishonlanib kelingan. Ayniqsa birinchi muchal almashish- o`n ikki yoshdan o`n uch yoshga o`tish (boshqa muchal yoshlariga qarganda) katta e`tibor ba tantanalar bilan nishonlanadi.

Muchalni nishonlash marosimi quyidagi tartibda o`tgan: o`n ikkiga to`layotgan barcha o`g`il qizlar oldindan maxsus tikilgan oq libos kiyishgan (O`rta Osiyoda, ma`lumki, oq rang  tozalik va poklik ramzi xisoblangan). Navro`z kuni muchal yoshiga to`lgan o`g`il qizlar bir-birlarinikiga kirib, do`stalrini tabriklashgan, so`ngra belgilangan joyga to`planishgan, ko`chalarda sayr qilishgan. Odata “oq libosli yoshlar” navro`z o`tkazilayotgan joyga tashrif buyurishganda, barcha ularni qutlagan, ularga yaxshi istaklar bildirishgan, yosh bolalar ularga baxor gullari taqdim etishgan. Qariyalar ularni duo qilishgan. Xullas ulab baxor baxor mayramining ramziy qaxramonlariga yalangan.

“Oq libos”liklar to`dadan ajralib, o`zlari alohida tog` yonbag`rlariga yoki dala bog`larni sayr qilishgan, o`ynab-kulib, zavqqa to`lib uylariga qaytishgan. Xonandalar esa ota-onalar muchali to`lgan bolalari sha`niga ziyofatlar berishgan. Buxoroda ziyofatdan oldin qiziq odat bo`lgan. Dasturxon yozilgan uyning qoq o`rtasiga zag`oma tarozi ostirilgan (zag`omalar tagi charmdan qoplangan bo`1ib, ular tarozi pallasini o`tagan ). “Muchali nishonlanayotgan bola shu zag`omalardan biriga solinib, ikkinchisiga kallaqand solingan. Kallaqand og`iqrlikda bola turgan pallani boshgach, uni dasturhon to`riga o`tkazganlar, uning vazni baravarligida kallaqandni esa dasturxon atrofidagilarga teng taqsimlab, kulcha ustiga qo`yib ulashganlar, xursandchilik qilganlar va marosim yakun topgan” ziyofatlar turli joylarda turlicha o`tgan. Ba`zi yerlarda barcha katta-kichik uchun umumiy dasturxon yozilsa, boshqa joylarda oldin bolalarga, so`ng kattalar – qarindoshlar, uchun bazm uyushtirligan. Shuni quvonarli xol sifatida aytish kerakki, keyingi yillarda muchal yoshi Buxoro maktablarida 5-6-sinf o`quvchilari orasida ota onalar ishtirokida Navro`z arafasida chiroyli tantanalar bilan o`tkaziladigan bo`ldi. Bu diqqatga sazovor tajribadan boshqa maktablar ibrat olsa arziydi.

Muchal yoshini nishonlash oddiy tadbir bo`lib qolmay, balki umrining bir davridan ikkinchisiga o`tish, ya`ni bolalikdan o`smirlikka o`tish tantanasi hamdir. Ma`lumki, bu davrdan so`ng bola tani-jonida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`la boshlaydi.

Ijtimoiy qonuniyatlarga ko`ra, xayotda bo`layotgan xar bir muhim ijobiy o`zgarish ularni alohida marosim yoki bayram sifatida nishonlashni taqozo etadi. Shuning uchun ham yosh avlodning xayotida o`zgarishlarga xos bo`laigan muhim voqea – bolalikdan o`smirlikka o`tish- muchal yoshini nishonlash sifatida maxsus marosim, tantana darajasiga ko`tarila olgan. Bu xodisani nishonlashga doimiy extiyoj bo`lganligi uchun “Muchal yoshi” marosimi taraqqqiy etishiga ishonchimiz komil.          

SAYTIMGA XUSH KELIBSIZ !